Francesco Cossiga

Italiya siyosatchisi, Italiyaning sakkizinchi prezidenti

Francesco Cossiga (talaffuzi: Franchesko Kossiga, Italyancha talaffuzi: franˈtʃesko kosˈsiːɡa , 26-iyul 1928 – 17-avgust 2010) – italiyalik siyosatchi[1][2]. Italiya Xristian-demokratik partiyasi aʼzosi, 1979—1980-yillarda Italiya bosh vaziri va 1985—1992-yillarda Italiya prezidenti[3]. Kossiga birinchi respublikaning eng koʻzga koʻringan va nufuzli siyosatchilaridan biri hisoblanadi[4][5][6][7].

Francesco Cossiga
Italiya Prezidenti
Mansab davri
1985-yil 3-iyuldan – 1992-yil 28-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Bettino Craxi
Amintore Fanfani
Giovanni Goria
Ciriaco De Mita
Giulio Andreotti
Oʻtmishdoshi Sandro Pertini
Vorisi Oscar Luigi Scalfaro
Italiya Bosh vaziri
Mansab davri
1979-yil 4-avgustdan – 1980-yil 18-oktyabrgacha
Prezident Alessandro Pertini
Oʻtmishdoshi Giulio Andreotti
Vorisi Arnaldo Forlani
Italiya Senati prezidenti
Mansab davri
1983-yil 12-iyuldan – 1985-yil 3-iyulgacha
Oʻtmishdoshi Vittorino Colombo
Vorisi Amintore Fanfani
Italiya ichki ishlar vaziri
Mansab davri
1976-yil 12-fevraldan – 1978-yil 11-maygacha
Hukumat boshligʻi Aldo Moro
Giulio Andreotti
Oʻtmishdoshi Luigi Gui
Vorisi Virginio Rognoni
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-iyul 1928-yil
Sassari
Vafoti 17-avgust 2010-yil(2010-08-17)
(82 yoshda)
Rim
Mukofotlari Faxriy legion ordeni Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni Bani ordeni sohibi Danebrog ordeni kavaleri

Ichki ishlar vaziri boʻlib ishlagan. Bu lavozimda Italiya politsiyasi, fuqaro muhofazasi va maxfiy xizmatlarida islohotlar qildi. Ommaviy noroziliklarga repressiv yondashuvi tufayli u kuchli shaxs sifatida taʼriflangan va „temir vazir“ deya taʼriflangan[8]. Qizil brigadalar tomonidan Aldo Moroni oʻgʻirlab ketilishi va oʻldirilishi vaqtida oʻz lavozimini egallab turgan. 1978-yilda Moro oʻlik holda topilganida, Ichki ishlar vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqqan[9]. 1980-yilda Boloniya stantsiyasidagi portlash paytida bosh vazir boʻlgan.

Kossiga siyosiy faoliyatidan oldin Sassari universitetida konstitutsiyaviy huquq professori boʻlgan.

Biografiyasi

tahrir

1928-yil 26-iyulda Sassari shahrida kichik yer egasi Juzeppe Kossiga va Mariuccia Zanfarinoning oilasida tugʻilgan, uning katta opasi Mariya Antonietta 2004-yilda vafot etgan. Yosh Franchesko xususiy boshlangʻich maktabda oʻqidi va oʻn yoshida Sassari shahridagi Azzuni litseyi qoshidagi dastlabki gimnaziyasiga (ginnasio inferiore) oʻqishga kirdi. Oʻn olti yoshida uni tugatdi, Sassari universitetida, keyin Milan katolik universitetida oʻqidi, bir muddat oʻqishni toʻxtatdi va Pizada yashadi. Keyinchalik Sassari universitetining huquq fakultetiga qaytib keldi va 1948-yilda „Jinoyat huquqida immunitet turlari“ mavzusidagi dissertatsiyani himoya qildi. Advokat boʻldi, lekin ayni paytda konstitutsiyaviy huquqni oʻrganishni boshladi va 1951-yil 31-yanvarda Sassari universitetining yuridik fakulteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi assistenti etib tayinlandi, 1954-yildan 1970-yilgacha dars bergan va qator ilmiy ishlar muallifi boʻlgan[10].

Kossiga hech qachon dengiz flotida xizmat qilmagan boʻlsa-da, 1961-yil 23-noyabrda Prezident Jovanni Gronchi Kossigaga capitano di korvetta harbiy unvonini berdi (harbiy-dengiz kuchlarida 3-darajali kapitan darajasiga toʻgʻri keladi). „Capitano di corvetta“ eng yaqin tanishlari orasida, tor doirada Kossiganing taxallusiga aylandi[11].

Manbalar

tahrir
  1. Page at Senate website (italyancha).
  2. Profile of Francesco Cossiga
  3. Biografia – Francesco Cossiga
  4. Page at Senate website Andoza:It icon.
  5. Profile of Francesco Cossiga
  6. Biografia – Francesco Cossiga
  7. I consigli di Cossiga alla Polizia „Prima una vittima, poi mano dura“
  8. I consigli di Cossiga alla Polizia „Prima una vittima, poi mano dura“
  9. Sassoon, Donald (18 August 2010). "Francesco Cossiga obituary". The Guardian. 
  10. Umberto Gentiloni Silveri. „Cossiga, Francesco“ (it). Dizionario Biografico degli Italiani. Treccani (2014). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  11. Bonini Carlo. „Quei messaggi polemici a Cossiga " capitano di corvetta "“ (it). Corriere della Sera (1998-yil 22-avgust). 2015-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.