A Happy Death
A Happy Death (fransuzcha: La mort heureuse) – absurdist, fransuz yozuvchisi hamda faylasufi Albert Camus qalamiga mansub roman. Kitobning ekzistensialistik mavzusi, asosan, oʻz baxtini ongli ravishda yaratish va buning uchun vaqt va pul kerakligi haqida. Asarda muallifning xotiralari, jumladan, Jazoir dengiz komissiyasidagi ishi, sil kasalligi bilan ogʻriganligi va Yevropaga qilgan sayohatlari haqida soʻz boradi.
Birinchi nashrning muqovasi | |
Asl nomi | La mort heureuse |
---|---|
Muallif(lar) | Albert Camus |
Mamlakat | Fransiya |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | Ekzistensialist, absurdist |
Nashr etilgan sanasi | 1971 |
Nashriyot |
Fransuzcha: Gallimard |
ISBN | 0-679-76400-3 |
OCLC | 33430967 |
Camus bu romanni 1936–1938-yillarda yozgan, ammo keyin uni nashr qilmaslikka qaror qilgan. Oxir-oqibat, roman 1971-yilda, muallifning vafotidan 11 yil oʻtgach nashr etilgan. 1972-yilda esa Richard Howard Camusning ushbu romanini ingliz tiliga tarjima qilgan.
„A Happy Death“ Camusning birinchi romani boʻlib, 1942-yilda nashr etilgan eng mashhur „Begona“ asari uchun asos boʻlgan.
Xulosa
tahrirRoman ikki qismdan iborat boʻlib, 100 sahifadan biroz koʻproq.
„Natural Death“ deb nomlangan 1-qismda Patrice Mersaultning ofisdagi zerikarli ishi va sevgilisi Marthe bilan maʼnosiz munosabatlarini tasvirlangan. Mersault boy, ammo nogiron Roland Zagreus (Zagreus yunon mifologiyasining qahramoni) bilan tanishadi, u Mersaultga: „Baxtli boʻlish uchun vaqt kerak. Koʻp vaqt. Baxt ham uzoq sabr ortidan keladi. Deyarli har bir holatda, biz pul topish uchun butun hayotimizni sarflaymiz“ deb toʻgʻri yoʻlni koʻrsatadi. Zagreus uning hayoti maʼnosiz va isrofgarchilikdan iborat ekanligini nazarda tutadi, shu sababli Mersault boy odamning pullari bilan oʻz baxtini yaratish maqsadida uni oʻldirishga qaror qiladi.
„Conscious death“ deb nomlangan 2-qism Mersaultning Yevropaga navbatdagi safaridan keyingi voqealarni oʻz ichiga olgan. Mersault shahardan shaharga poezdda sayohat qilib, tinchlik topa olmaydi va Jazoirga qaytib, uchta yosh ayol doʻstlari bilan dengiz yaqinidagi baland uyda yashashga qaror qiladi. Bu yerda yashayotgan hammaning bitta maqsadi bor edi: dunyoni tark etib, baxtga intilish. Ammo Mersault yolgʻizlikka muhtoj edi. U oʻzi sevmaydigan Lucienne ismli ayolga uylanadi, dengiz boʻyidagi qishloqdan uy sotib oladi va uyga yolgʻiz oʻzi koʻchib oʻtadi. U oʻsha yerda ogʻir kasallik tufayli vafot etadi.
Havolalar
tahrir- Anatol Broyard tomonidan sharh, The New York Times, 1972 yil 13 iyun
- A Happy Death haqidagi eslatmalar, Bob Korbett
- A Happy Death, Richard Howard tomonidan tarjima qilingan
- David Lathamning sharhidan