Ekzistensializm
Ekzistensializm (lotincha — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya ekzistensializmning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. Ekzistensializm borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. Ekzistensializm oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Ekzistensializm (lotincha — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan.Faylasuflar Søren Kierkegaard va Friedrich Nietzsche, "ekzistensializm" atamasini ishlatmagan boʻlishsa-da, shu oqimga asos solganlar, deb bilinadi.
|
Ekzistensializm (lotincha existentia - "mavjudlik") insonlar oʻz hayotlari maʼnosini oʻzlari yaratishlarini taʼkidlovchi falsafiy oqimdir.
Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-1950-yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo va boʻshliq" mavzulari yoritilgan[1].
Shuningdek
tahrirAdabiyotlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |