Aaron Van Cleave
Aaron Van Cleave (talaffuzi: Aron Van Kliv; 1987-yil 14-martda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. U Germaniya vakili sifatida Mari Vartmann bilan boʻlgan juftligi bilan mashhur. Mari bilan birga 2015-yilgi Germaniya milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan, 2011 NRW Trophy musobaqasining chempioni va 2010 Warsaw Cup turniri gʻolibi boʻlgan.
Aaron Van Cleave | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Olmoniya |
Oldin vakil boʻlgan | Kanada |
Tavalludi |
14-mart 1987-yil Kanada |
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) |
Sherigi | Tatyana Domracheva |
Oldingi sheriklari | Mari Vartmann, Ameena Sheikh, Sarah McCoy, Lauren Cowley |
Murabbiyi | Knut Schubert |
Jamoasi | SC Berlin |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 56.70 |
Erkin dastur | 106.11 |
Shaxsiy hayoti
tahrirVan Cleave 1987-yil 14-martda Britaniya Kolumbiyasining Comox shahrida tugʻilgan. 2014-yil yanvar oyida Germaniya fuqaroligini olgan.
Faoliyati
tahrirAaron Van Cleave 2010-yilda kanadalik va amerikalik konkida uchuvchi Mari Vartmann bilan juftlik hosil qilgan va ular birga Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Bu juftlik oʻzining xalqaro debyutini 2010-yilda Warsaw Cup turnirida oʻtkazgan va u yerda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlikning birinchi yirik xalqaro musobaqasi 2012-yilgi Yevropa chempionati boʻlgan. Vartmann va Van Cleave juftligi chempionatda 5-o‘rinni egallagan. Ularga Berlinda Knut Schubert murabbiylik qilgan[1].
Vartmann va Van Cleave juftligi qisqa dastur namoyishidan so‘ng 2012 Nebelhorn Trophy musobaqasini tark etgan, chunki Vartmann qisqa dastur ijrosi davomida oʻng oyogʻini jarohatlab olgan edi. Juftlik 2012-yilgi Nice Cup turniri va oʻzlarining birinchi birinchi Gran-pri musobaqasini, 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasida Vartmanni jagʻ suyagi singanidan soʻng tark etgan. Keyinchalik juftlik oʻzlarining ikkinchi Gran-pri musobaqasining 2012 NHK Trophy bosqichida ishtirok etishdan voz kechgan[2].
Cleavening hozirgi sherigi rossiyalik Tatyana Domrachevadir.
Dasturlari
tahrirMari Vartmann bilan
tahrirMavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2014—15 |
|
|
2013—14 |
|
|
2012—13 |
|
|
2011—12 |
|
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi
Mari Vartmann bilan
tahrirXalqaro | |||||
---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10—11 | 11—12 | 12—13 | 13—14 | 14—15 |
Jahon chempionati | 14 | 16 | 15 | ||
Yevropa chempionati | 5 | 8 | 9 | 7 | |
GP Rossiya | WD | ||||
GP NHK Trophy | WD | 5 | |||
GP Skate Canada | 7 | 8 | |||
Bavarian Open | 3 | 3 | |||
Challenger Cup | 3 | ||||
Nice Cup | 6 | WD | 3 | ||
Ice Challenge | 2 | ||||
Lombardia Cup | 6 | ||||
Nebelhorn Trophy | 8 | WD | 3 | ||
NRW Cup | 4 | 1 | 5 | ||
Warsaw Cup | 1 | ||||
Milliy | |||||
Germaniya chempionati | 2 | 2 | 2 | 3 | 1 |
WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
tahrir- ↑ Flade, Tatjana. „2012 Nebelhorn Trophy“. Golden Skate (2012-yil 30-sentyabr).
- ↑ „Weiterer Schlag für deutsches Team“ (German). Mitteldeutscher Rundfunk (2012-yil 26-yanvar). 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.