Mari Vartmann
Mari-Doris Vartmann (talaffuzi: Meri-Doris Vatmenn; 1988-yil 25-dekabrda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Sherigi Ruben Blommaert bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger seriyasida ishtirok etib, toʻrtta medalini qoʻlga kiritgan. Sobiq sherigi Aaron Van Cleave bilan birga 2015-yilgi Germaniya milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan, 2011 NRW Trophy musobaqasining chempioni va 2010 Warsaw Cup turniri gʻolibi boʻlgan.
Mari Vartmann | |
---|---|
Vartmann va Aaron Van Cleave | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Olmoniya |
Tavalludi |
25-dekabr 1988-yil Neuss |
Boʻyi | 1.53 m (5 ft 0 in) |
Sherigi | Matti Landgraf |
Jamoasi | Düsseldorfer EG |
Uchishni boshlagan | 1995 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 63.45 |
Erkin dastur | 115.78 |
Shaxsiy hayoti
tahrirVartmann 1988-yil 25-dekabrda Gʻarbiy Germaniyaning Neuss shahrida tugʻilgan. U nemis va yapon millatiga mansub.
Faoliyati
tahrirVartmann besh yoshida oʻzi tugʻilgan Neuss shahrida konkida uchishni boshlagan. Toʻrt yildan soʻng Dyusseldorfer klubiga koʻchib oʻtgan[1].
Van Cleave bilan juftlikda
tahrirVartmann 2010-yilda kanadalik va amerikalik konkida uchuvchi Aaron Van Cleave bilan juftlik hosil qilgan va ular birga Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Bu juftlik oʻzining xalqaro debyutini 2010-yilda Warsaw Cup turnirida oʻtkazgan va u yerda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlikning birinchi yirik xalqaro musobaqasi 2012-yilgi Yevropa chempionati boʻlgan. Vartmann va Van Cleave juftligi chempionatda 5-o‘rinni egallagan. Ularga Berlinda Knut Schubert murabbiylik qilgan[2].
Vartmann va Van Cleave juftligi qisqa dastur namoyishidan so‘ng 2012 Nebelhorn Trophy musobaqasini tark etgan, chunki Vartmann qisqa dastur ijrosi davomida oʻng oyogʻini jarohatlab olgan edi. Juftlik 2012-yilgi Nice Cup turniri va oʻzlarining birinchi birinchi Gran-pri musobaqasini, 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasida Vartmanni jagʻ suyagi singanidan soʻng tark etgan. Keyinchalik juftlik oʻzlarining ikkinchi Gran-pri musobaqasining 2012 NHK Trophy bosqichida ishtirok etishdan voz kechgan[3].
Dasturlari
tahrirVan Cleave bilan
tahrirMavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2014 — 15 |
|
|
2013 — 14 |
|
|
2012 — 13 |
|
|
2011 — 12 |
|
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi
Van Cleave bilan juftlik
tahrirXalqaro | |||||
---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 |
Jahon chempionati | 14 | 16 | 15 | ||
Yevropa chempionati | 5 | 8 | 9 | 7 | |
GP Rossiya | WD | ||||
GP NHK Trophy | WD | 5 | |||
GP Skate Canada | 7 | 8 | |||
Bavarian Open | 3 | 3 | |||
Challenger Cup | 3 | ||||
Nice Cup | 6 | WD | 3 | ||
Ice Challenge | 2 | ||||
Lombardia Cup | 6 | ||||
Nebelhorn Trophy | 8 | WD | 3 | ||
NRW Cup | 4 | 1 | 5 | ||
Warsaw Cup | 1 | ||||
Milliy | |||||
Germaniya chempionati | 2 | 2 | 2 | 3 | 1 |
WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
tahrir- ↑ Mittan, Barry. „Vartmann and Just Could Reach Europeans in 2006“. Skate Today (2005-yil 21-noyabr).
- ↑ Flade, Tatjana. „2012 Nebelhorn Trophy“. Golden Skate (2012-yil 30-sentyabr).
- ↑ „Weiterer Schlag für deutsches Team“ (German). Mitteldeutscher Rundfunk (2012-yil 26-yanvar). 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.