Abadat al-avson

Abadat al-avson abadiy

Abadat al-avson (arabcha: عبدة الأوثان)

Abadiy (arabcha boqiy, intihosiz, so‘ng­gi yo‘q, mangulik) tasavvufda — mangu, doimiy, hamishalik, falsafada borliq, olamdagi muntazamlik va barqarorlik. Moddiy jihatdan qarovchilar nazdida materiya abadiy mavjud. Biroq diniy tasavvur bo‘yicha materiya Yaratuvchining yaralmishi, shunday ekan, uning abadiyligi nisbiy. Materiyaga nisbatan uning Yaratuvchisi abadiy hisoblanadi. Abadiylik Allohga xos doimiy sifat bo‘lib, hamma maʼnolarda ham abadiylik timsoli yagona Allohdir.

Ishlatilishi

tahrir

Masti abadiy bo‘lg‘usi men

                                              yanglig‘ azalda,

Har kimki fano dayrida bir

                                              jom simurdi.

(Navoiy. „Favoyid ul-kibar“. VI, 588-g‘azal)

Abadiy mavzu — badiiy asar asosiga qo‘yilgan voqyea va hodisalar, mohiyat va mazmunning mangulik, doimiylik kasb etishi. Masalan, maʼrifiy adabiyotda ilohiy mavzuga va badiiy adabiyotda muhabbat, sevgi mavzusiga nisbatan qo‘llaniladigan sifat. Abadiy mavzuga bag‘ishlangan Imom al-Gʻazzoliyning "Kimyoi saodat", mashhur xamsanavislar tomonidan yaratilgan „Xusrav va Shirin“, "Layli va Majnun" kabi asarlar, Gʻarb adabiyotida muhabbatni abadiy mavzu sifatida talqin etgan dostonlarni tilga olish mumkin.

Abadiy qiyofat — Yaratganning doimiy mavjudligi va uning inson qalbida doimo aks etishi. Abadiy qiyofat Shayx Najmuddin Kubroning talqinicha, Allohga yaqinlashish va uning sifatlari bilan axloqlanishning o‘n usuli (usuli ashara)da doi­miy zikr bilan yuruvchi soliklargagina xosdir. Allohdan boshqa hamma narsani unutib, uning yodi bilan yashamoq doimiy zikrdir[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. ANATIL. — T.: „Fan“, 1983. I, 21;
  2. Jurji Zay­don. Tarӣx ādāb. — Qohira: „Dor al-hilol“, 1898.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.