Andijon bolalar va yoshlar teatri – Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri — bolalar va yoshlar teatri. 1990-yil 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr-studiyasi asosida tashkil boʻlgan. „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov) spektakli bilan ochilgan. Teatrning asoschisi va badiiy rahbari Mannon Hamidov boshchiligida Q. Mada-minov, M. Turgʻunov, M. Madrahimova, T. Roʻziyeva, M. Xoldorov, F. Mamasodiqova, adabiy emakdosh Ziyo Najmiy kabilar teatrning dastlabki ijodkorlari. „Baloyi nafs“ (M. Asadullayev), „Hazon boʻlgan gul“ (X. Qozoqova), „Yaxshivoy va Yomonvoy“ (B. Ixtiyorov), „Dilijon daydilari“ (M. Hamid), „Moʻ’jizalar olami yoxud Sanoʻi nafisa“ (Z. Najmiy) va boshqa teatrda sahnalashtirilgan dastlabki spektakllar. „Sevgi afsonasi“ (O. Xoldor), „Toʻylar muborak“ (Oʻ. Hoshimov), „Afandining besh xotini“ (I. Sodiqov) komediyalari, „Al-vido bolalik“ (T. Malik) fojiaviy dramasi, „Hayot eshik ortida“ (S. Siro-jiddinov) tragikomediyasi, shuningdek E. Sobirovning „Buqoqning koʻngli“ hajviy tomoshasi bilan teatr oʻz mavqeini mustahkamlab oldi. Teatr oʻz rejissu-rasida zamonaviylik va tomoshaviylikning oʻziga xos turmushbop uygʻunligini, 495sodda va ayni bir paytda noziq did bilan purmaʼno asarlar yaratish mahoratiga erishdi. „Nargis fojiasi“, „Shayton koʻli yonida“ (I. Yumagulov), „Kasotlar“ (E. Sobirov), „Zanjirband sheʼr“ (Z. Najmiy), „Qirol Lir“ (U. Shekspir), „Bugunning Hamleti“ (M. Hamid) singari spektakllar teatrning keyingi yillar ijod mahsulidir. Yoshlarni maʼnaviy kamol topishida oʻz hissalarini qoʻshish, oʻtmishimizning buyuk tarixini haqqoniy aks ettirish, milliy teatr anʼanalariga sodiq qolib, ustozlar yoʻlidan borish teatrning asosiy maqsadi. M. Ubaydullayeva, S. Ulugʻov, B. Mirzakarimova, Sh. Abdul-layeva, V. Roʻzimatov, S. Boyxonboyeva, N. Hakimov, M. Ibrohimova, V. Turdiyev, S. Mirzayev va boshqa teatrning yetakchi aktyorlari. Hozirgi kunda ushbu teatr direktori Behzod Hamidov, Baxodir Majidov esa bosh rejissorlik qilib kelmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil