Baxtiyor Ixtiyorov
Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov (28-mart 1940-yil – 21-noyabr 2021-yil) – aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989).
Baxtiyor Ixtiyorov | |
---|---|
Tavalludi |
Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov 28-mart 1940-yil Buxoro, Oʻzbekiston |
Vafoti |
21-noyabr 2021-yil (81 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1964-2021 |
Mukofotlari |
Hayoti va faoliyati
tahrirBuxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi. 1958-yilda Buxoro shahrida maktabni tugallagan. Shoir va dramaturg Omon Muxtor bilan sinfdosh boʻlgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining musiqali drama fakultetini tugatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rejissor (1959-1976), bosh rejissor (1980-1988), 1976—1980-yillar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988—1991-yillar Satira teatrida bosh rejissor, aktyor (1991-yildan shu teatrda aktyor, rejissyor).
Eng yaxshi rollari: Asad („Oltin qidiruvchilar“), Koʻsadov („Ravshan va Zulxumor“), Asad („Kimga toʻy, kimga aza“), Abubakr („Jon qizlar“), Tohir („Ishqing bilan“), Parvoz („Ajab savdolar“).
Kinodagi yirik rollari: Hasan („Ajoyib xayolparast“), Baxtiyor („Choʻl usti osmon“), Baxtiyor („Yor-yor“), Qoʻgʻirchoqboz („Oʻtgan kunlar“), Hofiz („Nodirabegim“), Yettinchi jin („Yettinchi jin“), Suhrob („Abu Rayhon Beruniy“).
Rejissyor sifatida „Ezop“ (G. Figeyredu), „Yolgʻonchi darkor“ (D. Psatas), „Jumagul“ (T. Qaipberganov), „Jonim fido“ (I. Rahim), „Kimga toʻy, kimga aza“ (N. Safarov), „Xotinimning eri“ (G. Xugayev va K. Pliyev), „Otasining qizi“ (Isfandiyor), „Soʻnggi oʻq“ (Oʻ. Umarbekov), „Aka-uka sovchilar“ (R. Muhammadjonov), „Layli va Majnun“ (A. Navoiy), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999)[1][2].
Ixtiyorov 2021-yil 21-noyabrda 81 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan[3][4].
Oilasi
tahrir- Mulla Ixtiyori Xushxat – bobosi
- Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov – otasi, bastakor va dirijor
- Maryam Ixtiyorova – sobiq turmush oʻrtogʻi[5]
- Xumora Ixtiyorova Baxtiyorovna – qizi
Filmografiyasi
tahrir- Yor-yor (1964)[6]
- Sayyod qoʻngʻirogʻi (1966)
- Oʻtgaan kunlar (1969)
- Shijoat (1971)
- Uchrashuv (1971)
- Shiddat (1971)
- Yettinchi oʻq (1972)
- Ajoyib hayolparast (1977)[7]
- Abu Rayhon Beruniy (1974)
- Yettinchi Jin (1976)
- Shum bola (1977)
- Olovli yoʻllar (1979)
- Afsonaviy qiz (1980)
- Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan (1994)
- Sevgi fazosi (2005)
- Kichkina odamlar (2008)
- Kaminaning oilasi (2008)
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ „Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi“. Kun.uz (2021-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi
- ↑ Maryam Ixtiyorova Biografiyasi
- ↑ Baxtiyor Ixtiyorov. Filmografiya
- ↑ „БАХТИЁР ИХТИЯРОВ“ (Ruscha). kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.