Abdol Sulton — (1580-yilda vafot etgan.) XVI asrda yashab Zomin hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Abdol Sulton - asl ismi Abdumalik Sultonning tavallud yili nomaʼlum boʻlib, shayboniy sultonlaridan, Koʻchkunchixon nevarasi b-b, Abdullatifxonning oʻgʻli, Iskandarxon hukmronligi davri (1561-83 yillar)da Zomin hokimi boʻlgan. Taxt uchun kurashlarda magʻlub boʻlib, Koʻhiston, soʻng Hisori Shodmonga qochib ketgan, oʻsha yerda Oʻzbek Sulton tomonidan 1580-yilda oʻldirilgan. Samarqanddagi Koʻchkunchixon madrasasiga dafn etilgan. Abdol Sulton „Xush“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.[1]

Abdol Sulton
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Hokim,shoir



Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil b.18