Abdon al-Ahvoziy
Abdon al-Ahvoziy (arabcha: عبدان الأهوازي – Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad ibn Muso al-Ahvoziy al-Javoliqiy) – hadis hofizi.
Abdon al-Ahvoziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 918-yil (hijriy 306-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi |
Hayoti
tahrirAsosan, Abdon laqabi bilan tanilgan Abdulloh ibn Ahmad manbalarda al-Javoliqiy (arabcha „qop toʻquvchi“ yoki „qop sotuvchi“) laqabi hamda al-Qoziy unvoni bilan zikr etilgan. Ahvoz hududi tevaragida harbiy qarorgoh tarzida qurilgan, hozirda faqat qoldiqlarigina qolgan Askar Mukramda yashagani uchun al-Ahvoziy, baʼzida esa, al-Askariy deb nisbatlangan.
Abdon al-Ahvoziy Hijoz, Shom, Misr va Iroq ilm markazlarini kezib, Abu Shayba, Usmon ibn Abu Shayba, Xalifa ibn Xayyot va Bundor singari zamonasining mashhur muhaddislaridan hadis oʻrgangan. Oʻz navbatida, olimdan Ibn Qoni’, at-Tabaroniy, Abu Bakr al-Ismoiliy, Hamza al-Kinoniylar hadis rivoyat qilganlar. Abdon al-Ahvoziydan tahsil olgan Abu Ali an-Naysoburiy uning yuz mingta hadisni yoddan bilgani va ustozlari ichida u kabi koʻp hadis yod olgan boshqa muhaddisni koʻrmaganini aytgan. „Oliy isnod“ga erishish uchun harakat qilib Basraga tobeʼinlardan boʻlgan Ayyub as-Saxtiyoniyning yoniga oʻn sakkiz marta borgan.
Abu Xotim al-Bustiy uning hadis rivoyati xususida hassos, oʻta ehtiyotkor boʻlganini aytgan.
Abdon al-Ahvoziyning hadis rivoyat qilishda baʼzida xato qilgani, chalkashgani zikr qilinadi. Biroq az-Zahabiy uni saduq, hadis hofizi, hujjat ekanini va juda kam yanglishganini taʼkidlagan. Abdon al-Ahvoziy (hijriy 306, milodiy 918-yil) taxminan toʻqson yoshda vafot etgan.
Asarlari
tahrirShuningdek, uning turli asarlari borligi, shulardan uchta juzi oʻziga oliy isnod bilan yetib kelganini xabar bergan. Al-Kattoniy esa, uning hadislarni jamlagan "Favāid" nomli asari borligini aytgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Xatib. Tarӣx Bagʻdād. – Qohira: 1349/ 1931. IX, 378-379;
- Ibn Asokir. Tarӣx Dimashq. – Damashq: 1402/1982. III, 345-353;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Haydarobod: 1375-77/1955-58. II, 688;
- Az-Zazabiy. Siyar. XIV, 168-173;
- As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. – Qohira: 1393/1973. 299;
- Kattoniy. Ar-Risāla al-mustatrafa. – Damashq: 1383/1964. 96-97;
- M. Yaşar Kandemir. „Abdân el-Ahvâzî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 66-67.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |