Abdoulkader Kamil Mohamed
Abdoulkader Kamil Mohamed (arabcha: عبد القادر كامل محمد) 2013-yildan beri Jibuti davlati bosh vaziri sifatida ishlab kelayotgan jibutilik siyosatchi[1]. U hukmron partiya Taraqqiyot uchun xalq harakatining (Peopleʼs Rally for Progress) uzoq yillik aʼzosi boʻlib, bundan oldin Qishloq xoʻjaligi vaziri hamda Mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan[1][2].
Abdoulkader Kamil Mohamed عبد القادر كميل محمد | |
---|---|
Mohamed, 2019-yil | |
Jibouti bosh vaziri | |
Mansab davri 1-aprel 2013-yil | |
Prezident | Ismaïl Omar Guelleh |
Oʻtmishdoshi | Dileita Mohamed Dileita |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-iyul 1952-yil Souali, Fransiya Somalilandi (hozirgi Jibuti) |
Siyosiy partiyasi | Taraqqiyot uchun xalq harakati (Peopleʼs Rally for Progress) |
Alma mater | Limoges universiteti |
Shaxsiy hayoti
tahrirMohamed 1952-yil 1-iyulda hozirgi Jibuti davlati Obock viloyati shimolida joylashgan hudud Soualida tugʻilgan[2].
U Fransiyadagi Limoges universitetida oʻqigan hamda u yerda suv xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilishga ixtisoslashgan texnik fanlar boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan[3][4].
Faoliyati
tahrirGeneral
tahrirMohamed oʻz professional faoliyatini Jibuti suv boshqarmasida boshlagan. U yerda dastlab 1978-yildan 1979-yilgacha vaqtinchalik bosh direktor, keyin esa 1983-yildan 2005-yilgacha bosh direktor lavozimida ishlagan[2].
1981-yilda Mohamed Taraqqiyot uchun xalq harakati partiyasiga aʼzo boʻladi. U borgan sari bu uyushmadagi siyosiy mavqeyini oshirib boradi va 2012-yil sentyabrda shu partiya vitse-prezident etib saylanadi. U keyinchalik 2012-yil noyabrda Presidential Majority ittifoqi prezidenti etib tayinlanadi[2].
2005-yil maydan 2011-yil maygacha Mohamed Jibuti hukumatida Qishloq xoʻjaligi vaziri sifatida ishlaydi. Keyinchalik u 2011-yil mayda Mudofaa vaziri etib tayinlanadi[2][4].
Mohamed shuningdek Milliy majlis deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2013-yilning 22-fevralida boʻlib oʻtgan Presidential Majority ittifoqi parlamentidagi gʻalabasidan keyin u bu lavozimga qayta saylangan[3].
Bosh vazirlik
tahrir2013-yil 1-martda Jibuti bosh vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimda uzoq vaqt davomida xizmat qilgan Dileita Mohamed Dileita oʻrniga oʻtirdi va 1-aprelda faoliyatini boshladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Abdoulkader Kamil Mohamed facts for kids“ (inglizcha). Kiddle. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Abdoulkader Kamil Mohamed“ (inglizcha). Famous Birthdays. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Abdoulkader Kamil Mohamed“ (inglizcha). Alchetron (2-iyun 2022-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Dilworth, Jennifer „Kamil Mohamed, Abdoulkader“ (inglizcha). Brill Online Reference Works (23-sentyabr, 2023-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.