Alma mater
Alma mater (lotincha almae matres soʻzidan kelib chiqqan) – u kishi oʻqigan, yoki bitirgan oʻquv dargohini bildiradigan allegorik ibora hisoblanadi[1][2][3].
Shuningdek, Alma mater soʻzi turli ona maʼbudalar, ayniqsa Ceres yoki Cybele uchun berilgan faxriy unvondir[4]. Keyinchalik, bu ibora Isoning onasi Maryamning unvoniga aylangan.
Ushbu atama 1088-yilda kirib kelgan. Uzluksiz faoliyat yuritadigan dunyodagi eng qadimgi universitetlardan biri boʻlgan Italiyaning Boloniya universiteti Alma Mater Studiorum („oʻqishning tarbiyalovchi onasi“) shiorini qabul qilgan paytda akademik foydalanish uchun kiritilgan[5].
Bu atama bitiruvchi bilan uzluksiz bogʻliq boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „bogʻlovchi“ yoki „oziqlangan“ degan maʼnoni anglatadi va koʻpincha bitiruvchilar uchun ishlatiladi[6].
Etimologiyasi
tahrirGarchi alma (oziqlantiruvchi) Ceres, Cybele, Venera va boshqa ona maʼbudalar uchun umumiy epitet sifatida qoʻllaniladigan boʻlsa-da, bu soʻz klassik lotin tilida mater soʻzi bilan birga tez-tez ishlatilmagan[7]. Bu ibora Oxford Lotin lugʻatidagi "De rerum natura" asarida keltirilgan boʻlib, asarda yer maʼbudasi hisoblangan Lucretius epitet qilib tasvirlangan[8].
Rim imperiyasi qulagandan keyin, bu atama Isoning onasi Maryam bilan birgalikda xristian liturgik foydalanish uchun kirib kelgan. „ Alma Redemptoris Mater“ – bu Maryamga bagʻishlangan XI asrning taniqli antifonidir[7].
1600-yilda ushbu atama ingliz tilida soʻzlashuvchi davlatlarning universitetlariga qaraganda, birinchi marta Cambridge universiteti tomonidan amalga oshirilgan[9][10][11][12].
Ingliz tilidagi etimologik maʼlumotnomalarda keltirilishicha, ushbu atama koʻpincha universitet bilan bogʻliq boʻlib, birinchi marta amalda qoʻllanishi 1710-yillarga toʻgʻri kelishi aytiladi. Bunda akademik onaning siymosi Richard Ward tomonidan Henri Morening xotirasiga bagʻishlanganligi aytiladi[13][14].
Tarixi
tahrirKoʻpgina tarixiy Yevropa universitetlari Alma Mater atamasini oʻzlarining rasmiy nomlaridagi lotincha tarjimaning bir qismi sifatida qabul qilishgan. Boloniya universitetining lotincha nomi Alma Mater Studiorum (Oʻqishning oziqlantiruvchi onasi) deb tilga olgan. Shuningdek, dunyodagi eng qadimgi uzluksiz ishlaydigan Leyptsigdagi Alma Mater Lipsiensis (Germaniya) yoki Alma Mater Yagiellonica (Polsha) universitetlari kabi boshqa Yevropa universitetlari geografik yoki asosiy xususiyatlar bilan birgalikda ushbu iborani birga ishlatgan. Avstriyaning Salsburg shahridagi Alma Mater Yevropa universiteti va 2010-yili Yevropa Fanlar va Sanʼat Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro universitetlar ham ushbu atamani rasmiy tarzda qoʻshib ishlata boshlaydi.
Amerika Qoʻshma Shtatidagi Virjiniya shtatining Wiliamsburg shahridagi William va Mary kolledji mamlakatning tashkil etilishi bilan bogʻliq boʻlgani sababli „Millatning Alma materi“ deb nomlangan[15].
Ontario shtatining Kingston shahridagi Queens universiteti va Vankuverdagi Britaniya Kolumbiyasi universitetida Alma Mater atamasi asosiy talabalar hukumatini anglatgan.
Yodgorliklari
tahrirQadimgi Rim dunyosida Alma Materning koʻplab haykallari boʻlib, ularning baʼzilari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan (masalan, Rimdagi Palatin tepaligida).
Alma Materning zamonaviy haykallari Amerikaning bir qancha universitet kampuslarida koʻzga koʻringan joylarning biri Columbia universitetidagi kutubxonaning zinapoyasiga qoʻyilgan. Bu haykallar ichida Daniel Chester tomonidan yaratilgan Alma Materning bronza haykali, Illinoys Urbana-Champaign universitetidagi Lorado Taft tomonidan yaratilgan Alma Mater haykali ham mavjud. 1925-yili Washington universiteti xodimlari Meri Institutining filiali uchun Cyrus Dallin haykalini yasashga buyurtma berishadi. 1932-yili esa Yale universitetining Sterling Memorial kutubxonasida Eugene Savage tomonidan qurbongoh devoridagi chizilgan Alma Mater haykali yorugʻlik va haqiqat tashuvchisi sifatida tasvirlangan.
Kubadagi Havana universitetining monumental kirish eshigi zinapoyasida Kolumbiyadagi haykalga asoslangan Alma Mater haykali oʻrnatilgan. Alma Mater haykali 1919-yili Mario Korbel tomonidan Feliciana Villalón Wilson bilan birga qurilgan. U hozirgi joyiga 1927-yili meʼmor Raul Oteroning koʻrsatmasi bilan oʻrnatilgan[16].
Manbalar
tahrir- ↑ „alma“, oxforddictionaries.com. Retrieved October 11, 2018.
- ↑ „Definition of 'Alma mater'“. Merriam-Webster. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
- ↑ „Definition of 'Alma mater'“. Merriam-Webster. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
- ↑ Shorter Oxford English Dictionary, 3rd edition
- ↑ „BOLOGNA, L'UNIVERSITÀ PIÙ ANTICA DEL MONDO“ (it). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
- ↑ Cresswell, Julia. Oxford Dictionary of Word Origins. Oxford University Press, 2010 — 12-bet. ISBN 978-0199547937. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- ↑ 7,0 7,1 Sollors, Werner. Beyond Ethnicity: Consent and Descent in American Culture. Oxford University Press, 1986 — 78-bet. ISBN 9780198020721.
- ↑ Andoza:Cite Wikisource
- ↑ Stokes, Henry Paine. Cambridge stationers, printers, bookbinders, &c.. Cambridge: Bowes & Bowes, 1919 — 12-bet. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- ↑ Roberts, S. C.. A History of the Cambridge University Press 1521–1921. Cambridge: Cambridge University Press, 1921. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- ↑ Stubbings, Frank H.. Bedders, Bulldogs and Bedells: A Cambridge Glossary, 2nd, 1995 — 39-bet.
- ↑ Perkins, William. A Golden Chaine: Or, the Description of Theologie, containing the order and causes of salvation and damnation, according to God's word. Cambridge: University of Cambridge, 1600. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- ↑ Harper. „Alma mater“. Online Etymological Dictionary. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- ↑ Ward, Richard. The Life of the Learned and Pious Dr. Henry More, Late Fellow of Christ's College in Cambridge. London: Joseph Downing, 1710 — 148-bet. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- ↑ „William & Mary – History & Traditions“. wm.edu.
- ↑ Cremata Ferrán. „Dos rostros, dos estatuas habaneras“. Opus Habana (2014-yil 20-fevral). Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.