Abdugʻaffor Qirgʻizboyev

oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor

Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev (1962-yil 10-avgust, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori (2005), professor (2016).

Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev
Tavalludi 10-avgust 1962-yil (1962-08-10) (62 yosh)
Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi tarixchi
Sohasi tarix
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 1962-yil 10-avgust Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan[1]. 1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fani o‘qituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[2].

Faoliyati

tahrir

1985—1986-yillarda Toshkent shahar 186-sonli maktabda tarix fani o‘qituvchisi[3], 1986—1988-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1989—1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti aspiranti, 1992—1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1992—1993-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „O‘zbekiston xalqlari tarixi“ kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1993-1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan oʻrinbosari hamda institutning kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari, 1996—2004-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (1998-yildan universitet) maʼnaviy-maʼrifiy masalalari bo‘yicha prorektori[4], 2004—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, 2005—2009-yillarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i, 2010—2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2015—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining aʼzosi, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi[3], 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan[2][4][5][6][7]. 2021-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori[1][2][4][8][9].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 2005-yilda „O‘zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2016-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.

Manbalar

tahrir