Abdul rab Jaunpuriy
Abdur Rab Jaunpuriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1875-yil |
Vafoti |
1935-yil Mollatala, Jaunpur, |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiylik |
Oqim | Taiyuni |
Education | As-Savlatiya madrasasi |
Kasbi | Dinshunos, yozuvchi |
Qarindoshlar |
Karamat Ali Jaunpuriy (bobosi) Hofiz Ahmad Jaunpuriy (amakisi) Abdul Avval Jaunpuriy (amakis) Rashid Ahmad Jaunpuriy (amakivachchasi) |
ʿAbd ar-Rabb Jaunpuriy (urdu: عبد الرب جونپوری , bengalcha: আব্দুর রব জৌনপুরী ; 1875 — 1935-yil iyun) hind musulmon olimi, yozuvchi va oʻqituvchisi[1]. U bobosi Karamat Ali Jaunpuriy tomonidan asos solingan Taiyuni islohotchi harakati bilan bogʻlangan va 1899-yilda amakisi Hofiz Ahmad Jaunpuriydan keyin harakat yetakchisi boʻlgan.
Ilk faoliyati va taʼlimi
tahrirAbdul Rab Jaunpuri 1875-yilda Britaniya Rajining shimoli-g‘arbiy provinsiyalarida joylashgan Mullatola, Jaunpur shahrida hindistonlik musulmon olim oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Hofiz Mahmud Jaunpuriy oʻzining nasl-nasabini Qurayshning arab qabilasidan boʻlgan deya taʼkidlagan, Jaunpuriy esa birinchi Rashidun xalifasi Abu Bakrning 37-avlod toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi boʻlgan. Jaunpuriyning bobosi Karamat Ali Jaunpuriy Taiyuni islohotchi harakatining asoschisi boʻlgan va Shimoliy Hindiston va Bengaliyada islomni targʻib qilgan[2]. Uning buyuk bobosi Abu Ibrohim Shayx Muhammad Imom Baxsh ibn Shayx Jarulloh Shoh Abdul Aziz Dehlaviyning shogirdi boʻlgan. Uning oila aʼzolarining koʻpchiligi ham islom ulamolari hisoblangan, masalan, amakilari Hofiz Ahmad Jaunpuriy va Abdul Avval Jaunpuriy shuningdek, amakivachchasi Rashid Ahmad Jaunpuriylar shular jumlasidandir.
Jaunpuriyning otasi u besh yoshida vafot etgan, shuning uchun u amakisi Hofiz Ahmad Jaunpuriy qoʻlida tarbiyalangan va taʼlim olgan. U bolaligida Qur’onni yod olgan, arab va fors tillarini puxta o‘rgangan. Maʼrifat ilmini oʻzlashtirgan[3].
Faoliyati
tahrirJaunpuriy amakisi bilan birga Bengaliyaning Bhola orolidagi Daulatxonda koʻplab diniy muassasalar tashkil etishda faolyat olib borgan. U langar xonadon tashkil etib, u hududdagi muhtoj odamlarni ovqat bilan taʼminlagan. Jaunpuriy Bengaliyaning koʻplab turli qismlarini kezib, ommaviy maʼruzalar oʻqiydi va u yerda koʻplab muxlislarga ega boʻladi[4]. U tashrif buyurgan ahamiyatli joylarga Sandvip va Barisal kiradi[5][6]. U urdu tilida Nafeul Xalaiq kabi kitoblar ham yozgan[7]. Keyingi avlod islom ulamolarining aksariyati Muhammad Ishoq va Abul Hasanat Muhammad Abdul Hayy kabilar uning muridlari boʻlgan[8][9].
Vafoti
tahrirJaunpuriy 1935-yil iyun oyida oʻzining uyi — Jaunpurdagi Mullatola mahallasida vafot etadi, bu hudud oʻsha paytda Britaniya Hindistonining Birlashgan provinsiyalari ostida joylashgan edi[10].
Nasl-nasabi
tahrirUning nasl-nasabi quyidagicha[8]:
- Muhammad paygʻambar
- Abu Bakr
- Salmon al-Forisi
- Al-Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr
- Jaʼfar ibn Muhammad ibn Ali as-Sodiq
- Abu Yazid Tayfur al-Bistomiy
- Abu al-Hasan al-Xaraqoniy
- Abu Ali Farmadiy
- Abu Yaʼqub Yusuf al-Hamadoniy
- Abdulxoliq al-Gijdavoniy
- Xoʻja Muhammad Orif ar-Rivgariy
- Xoʻja Maxmud al-Anjir al-Fagnaviy
- 'Azizon 'Ali ar-Romitoniy
- Sayyid Shams ad-Din Amir Kulol
- Muhammad Bobo as-Samosiy
- Sayyid Baho ad-Din Naqshband
- Sayyid Mir Alauddin Attar
- Yaʼqub Charxiy
- Xoʻja Ubaydulloh Ahrar
- Xoja Muhammad Zohid Vaxshiy
- Xoja Darvesh Muhammad
- Xoja Muhammad Amkingiy
- Xo'ja Boqi Billoh
- Ahmad Sirhindiy
- Sayyid Odam ibn Nuriy
- Sayyid Abdulloh Akbarobodiy
- Shoh Abdur Rahim
- Shoh Valiulloh Dehlaviy
- Shoh Abdul Aziz Dehlaviy
- Sayyid Ahmad Barelviy
- Karomat Ali Jaunpuriy
- Hofiz Ahmad ibn Ali al-Jaunpuriy
- ʿAbd ar-Rabb ibn Mahmud ibn ʿAli al-Jaunpuriy
Manbalar
tahrir- ↑ Mullah, Muhammad Ghulam Mustafa. হযরত খাজা শরফ উদ্দিন চিশতী (রঃ) এবং মায়ার প্রশাসন ও প্রাসঙ্গিক কিছু কথা (bn). Mubeshah Prakashani, 1990 — 84-bet.
- ↑ Ismail, Muhammad. Hagiology of Sufi Saints and the Spread of Islam in South Asia. Jnanada Prakashan, 2010 — 172-bet. ISBN 9788171393756.
- ↑ Patwari, Muhammad Solaiman. হজরত মাওলানা হাফেজ এনায়েত উল্যাহ খান (bn), 1961 — 40–41-bet.
- ↑ Khan, Abu Yahya Imam. تراجم علماء حدیث ہند (ur).
- ↑ Taluqdar, Shibbir Ahmed „14. সন্দ্বীপ টাউনে সভা সমাবেশ“, . আমার দেখা সন্দ্বীপ (bn). Soja Kotha, 2020.
- ↑ Rahman, K. A.. বরিশাল দর্পন (bn), 1980 — 19-bet.
- ↑ Mujibur Rahman, Muhammad. বাংলা ভাষায় কুরআন চর্চা (bn). Islamic Foundation Bangladesh [1938], 1986 — 448-bet.
- ↑ 8,0 8,1 Ahmed, Momtazuddin. পরিবাগের শাহ ছাহেব রাহেমাহুল্লার জীবনী (bn), 1963 — 10-bet. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "tas" defined multiple times with different content - ↑ Tasnim, Alim, মাওলানা আবুল হাসানাত মােহাম্মদ আবদুল হাই (১৯০১-১৯৮৩) (Bengali)
- ↑ Abdullah, Muhammad. মওলানা আবদুল আউওয়াল জৌনপুরী (bn). Islamic Foundation Bangladesh — 12–16-bet.