Abdulaziz Karim
Abdulaziz Karim (23-noyabr 1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi[1]. 2005-yildan siyosiy ta'qiblarga uchrab, qidiruvda boʻlgan[2]. San'at sohasidagi ustozi To‘lqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi[1].
Abdulaziz Karim | ||
---|---|---|
Maʼlumot | ||
Tavallud topgan sanasi va joyi | 23-noyabr 1973-yil Toshkent shahri | |
Yo'nalishi | Estrada | |
Kasbi | Artist | |
Faoliyat yillari | 1998-yildan | |
Mukofotlari | mahrum qilingan |
Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan[3].
Tarjimai holi
tahrirAbdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan[1]. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yo'nalishida ijod qila boshlagan[1].
Abdulaziz Karimning “Uzun armonlar”, “Qurbon boʻlaman”, “Yagonam oʻzing” qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan “Erkatoyim mani yoqimtoyim” dueti xit darajasiga koʻtarilgan[2].
Mashhur taronalari
tahrirT/R | Qoʻshiq nomi | Chiqqan yili |
---|---|---|
1. | Qurbon boʻlaman | - |
2. | Yonimda | - |
3. | Gʻarib ogʻoch | - |
4. | Uzun armonlar | - |
5. | Nozli guloyim | - |
6. | Xato | - |
7. | Taxayyul tuni | - |
T/R | Qoʻshiq nomi | Duetdoshi | Chiqqan yili |
---|---|---|---|
1. | Erkatoyim mani yoqimtoyim | Rayxon Gʻaniyeva | - |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „BBC mehmoni taniqli qo‘shiqchi Abdulaziz Karimga savol yo‘llang“. bbc.com. Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „13 yil qidiruvda va “qora roʻyxat”da boʻlgan xonanda Abdulaziz Karim murojaat yoʻlladi (video)“. zamin.uz (2018-yil 25-avgust). Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Bosh vazir Shavkat Mirziyoev xonanda Abdulaziz Karimni unvonidan mahrum qildi“ (2016-yil 2-may). Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.