Abdulboqi Yazdiy
Abulboqi Yazdiy (forscha: عبدالباقی یزدی) fors zodagonlaridan biri, Safaviylar davlatining uchinchi vakili (noibi).
Amir Abulboqi Yazdiy | |
---|---|
Asl ismi | forscha: عبدالباقی یزدی |
Tavalludi |
XV asr Yazd |
Vafoti |
1514-yil Chaldiron, Janubiy Ozarbayjon |
Fuqaroligi | Safaviylar davlati |
Unvoni | lashkarboshi |
Qoʻmondonlik qilgan | Safaviylar davlati qoʻshinlari |
Lavozimi | Vakil |
Jang/urush | Chaldiron jangi |
Otasi | Naʼimiddin Neʼmatulloh Soniy |
Bolalari | Mir Abdulboqi Yazdiy |
Tarjimai holi
tahrirAsli Yazddan boʻlgan Abdulboqi Neʼmatollohiylar tariqatining asoschisi Shoh Neʼmatulloh avlodidan boʻlgan Naʼimiddin Neʼmatulloh Soniyning oʻgʻli edi[1]. 16-asr boshlarida Abdulboqi otasining oʻrniga Neʼmatulloh ordeni yetakchisi boʻldi. Keyinchalik 1511-yilda Abdulboqi Safaviylar hukmdori Ismoil I (hukmronligi 1501—1524) qarorgohida oʻtkazilgan bayramda qatnashadi.
Bir yil oʻtgach, Abdulboqi bir necha oydan keyin Xurosonda oʻzbeklar tomonidan oʻldirilgan vakil Najmi Soniy qoʻl ostida xizmat qildi. Abdulboqi keyinchalik Ismoil I tomonidan yangi vakil etib tayinlandi. Abdulboqi 1514-yil Chaldiron jangida qatnashdi, ammo bu jangda Safaviylar magʻlubiyatga uchradi va Abdulboqining oʻzi oʻldirildi. Yana bir eronlik Mirzoshoh Husayn Ismoilning jangdan keyin adashib qolgan sevimli xotinini topib olishi ortidan yangi vakil etib tayinlandi[2].
Abdulboqining Mir Abdulboqi Yazdiy (vaf. 1564-yil) ismli oʻgʻli bor edi, u 1524-yilda Ismoilning oʻgʻli Tahmosb I Safaviylar taxtiga oʻtirganida Yazd hokimi etib tayinlangan edi. U keyinchalik 1535/1536-yilda Tahmaspning singillaridan biriga uylandi. Ularning turmushidan ismi nomaʼlum qiz farzand tugʻiladi, bu qiz keyinchalik Tahmosbning oʻgʻli Ismoil II ga turmushga chiqdi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Soucek 1982, ss. 105–106.
- ↑ Roemer 1986, s. 231.
- ↑ Newman 2008, s. 33.
Adabiyotlar
tahrir- Mazzaoui, Michel M. (2002). "NAJM-E ṮĀNI". Encyclopaedia Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/najm-e-ani.
- Soucek, P. P. (1982). "ʿABD-AL-BĀQĪ YAZDĪ". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 1. 105–106 b. http://www.iranicaonline.org/articles/abd-al-baqi-yazdi-safavid-official-and-poet-killed-at-calderan-august-1514.
- Newman, Andrew J.. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B.Tauris, 2008 — 1–281-bet. ISBN 9780857716613.
- Savory, Roger. Iran under the Safavids. Cambridge University Press, 2007 — 1–288-bet. ISBN 978-0521042512.
- Roemer, H.R. „The Safavid period“, . The Cambridge History of Iran, Volume 6: The Timurid and Safavid periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1986 — 189–351-bet. ISBN 9780521200943.