Abdulkarimbiy – (Abdulkarim-xon (1710—1750)), Qoʻqon xoni (1733—1750), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub, Shohruxbiyning oʻgʻli. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga oʻtirgan. Xonlik oʻrdasini Qoʻqon yaqinidagi Tepaqoʻrgʻondan Qoʻqonga koʻchirgan. 1746-yil Oʻratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. Abdulkarimbiy Qoʻqon shahrida saroy, Madrasa, bozor va Isfara, Qatagʻon, Margʻilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan[1].

Abdulkarimbiy
Saltanat 1734 — 1750
Oʻtmishdoshi Abdurahimbiy (1721—1733)
Davomchisi
Tugʻilishi 1701 yoki 1703 yoki 1706
Qoʻqon Buxoro xonligi
Vafoti 1750
Qoʻqon xonligi
Turmush oʻrtogʻi
  • Kenagas Oyim
  • Fotima Oyim binti Doʻstquli baxodir
Sulola Minglar
Otasi Shohruxbiy
Onasi Tolgʻanoy Oyim
Dini Islom

Qoʻqon xonligidagi oʻzbeklarning[2] Ming sulolasidan boʻlgan uchinchi hukmdor boʻlgan Abdulkarimbiy 1734-yildan boshlab hukmronlik qilgan. Abdukarimbiy 1734-yilda vafotidan keyin Qoʻqon xonligida hokimiyatni meros qilib olgan Abdurahimbiyning ukasi boʻlgan.

Hukmronlik qilgan davri

tahrir

1733—1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa masalalariga qaratadi. Abdulkarimbiy 1740-yilda Qoʻqonni yangi devor bilan oʻrab olishni buyurdi, bu keyinchalik shaharni jungʻorlar bosqinidan himoya qilishga yordam berdi. 1740-yilda Abdukarimbiy oldiga qozoqlarning buyuk biylaridan biri Tolebiy barcha qarindoshlari bilan jungʻorlardan qochib keladi. Jungʻorlar rahbari Galdan-Tseren Tolebiyni ekstraditsiya qilishni talab qiladi, lekin Abdukarimbiy jungʻor elchilarini haydab yuboradi[3]. 1745—1747-yillarda Qoʻqon xonligi jungʻorlar tomonidan bosqinga uchraydi. Jungʻorlar Oʻsh, Andijon, Margʻilonni egallab, Qoʻqonni qamal qiladi. Jiddiy pallada Abdurahimbiy harbiy tashkilotchi isteʼdodini namoyon etadi. Jungʻor dushmanlarini poytaxtdan quvib chiqadi[4]. Jungʻor tajovuzi mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi va davlatning siyosiy markazlashuvini kechiktiradi. Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirgʻiz-qipchoqlar va Oʻratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayanib, xonlik mustaqilligini saqlab qoladi.

Vafoti

tahrir

Abdulkarimbiy 1750-yilda vafot etgan. Hukmdorning vafotidan soʻng xonlik taxtiga uning oʻgʻli Abdurahmon oʻtirdi. Ammo, u taxtga toʻqqiz oy oʻtirib, soʻng Margʻilonga hokim etib joʻnatildi hamda taxni Abdurahimbiyning ikkinchi oʻgʻli Erdonabiy egalladi. 1753-yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qoʻlida garov sifatida ushlab turilgan Bobobek xonlik taxtiga koʻtarildi. Lekin, oradan bir yil ham oʻtmay Oʻratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda oʻldirildi hamda Erdonabiy (1755—1769) yana Qoʻqon taxtiga oʻtirdi[5].

Manbalar

tahrir
  1. Ad.: Beysembiyev T. K., Tarixi Shax-ruxi, Alma-Ata, 1987; Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996.
  2. Bosworth C. E. The new Islamic dynasties. A chronological and genealogical manual. N. Y., 1996. R. 295
  3. Moiseev V. A., Djungarskoe xanstvo i kazaxi (XVII—XVIII vv.). Alma-ata, 1991.s.172-173
  4. Istoriya Uzbekistana. Tom 3. – Toshkent, 1993. – 206 bet.
  5. Bohodir Eshov. „Qo‘qon xonligi“. «O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi», Toshkent-2012. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil