Abdulqayumxon yoki Erdonabiy, Erdonabek, Erdonaxon (17201764) — 1720-yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1751—1764-yillarda Qo‘qon xonligida hukmronlik qilgan, oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub beshinchi xon. 1750-yilda Abdulkarimbiy vafot etgach, Qoʻqon xonligida hokimiyat uning oʻgʻli Abdurahmonbiyga, 10 oydan keyin esa taxt uning jiyani Erdonabiy ibn Abdurahimbiyga oʻtadi[1]. Uning hukmronligining boshlanishi Minglar vakillari o'rtasida hokimiyat uchun kurashning keskinlashuvi bilan tavsiflanadi. 1752-yilda mamlakatda hokimiyatni Qaynardagi jung‘arlar orasida yashovchi Bobobek taxtga da'vo bilan chiqib uni vaqtincha egallab oldi, uning hukmronligi oʻn oy davom etdi[2]. So‘ngra 1753-yil amaldorlar kengashi qaroriga ko‘ra Qo‘qon qo'shinlari O‘ratepani egallash uchun yuborilgan. Safar chog‘ida Beshariqda Bobobek o‘ldirilgan va taxtga Erdonabiy o‘tqazilgan. Manbalarga qaraganda Erdonabiy adolatli hukmdor bo‘lgan. U o‘z hududini kengaytirish uchun O‘ratepaga yurishni davom ettiradi. Biroq yurish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Qoʻqonga chekingan. 1758-yil Erdonabiy Oʻratepaga qayta yurish qilib shaharni egallagan. 1762-yil Xitoy elchilari kelib Xitoyning Turkiston va Samarqandga yurish qilmoqchi ekanligini, buning uchun Erdonabiy odamlar, otlar, hoʻkiz va qoʻylar ajratishi lozimligini aytadilar. Erdonabiy, Oʻratepa va Xoʻjand hokimi Fozilbiy hamda qirgʻiz sultonlari kengashib Ahmadshoh Durroniydan yordam soʻrab, Afgʻonistonga noma yuborganlar. Ahmadshoh Oʻrta Osiyo xonlari bilan tuzilgan ittifoqqa bosh boʻladi. Garchi bu ittifoq natijasiz tugagan boʻlsa ham Xitoyning jungʻarlarga tegishli hududlarini Toshkent, Sayram, Suzoq va Turkistongacha kengaytirish niyatlari barbod boʻlgan.

Erdonabiy
Oʻtmishdoshi Abdulkarimbiy (1733—1750)
Davomchisi Bobobek (1752-1753)
Saltanat 1751 — 1752
Saltanat 1753 — 1762
Oʻtmishdoshi Bobobek
Davomchisi Sulaymonbiy
Tugʻilishi 1720-yil
Qo‘qon
Vafoti 1764-yil
Sulola Ming
Otasi Abdurahimbiy
Dini Islom sunniy

Tashqi siyosat

tahrir

1762-yilda mamlakatning Qing imperiyasi tomonidan bosib olinishi xavfi mavjud edi. Erdonabiy afg'on davlatining asoschisi Ahmadshoh Durroniy (1747-1768) bilan birgalikda Qinglarga qarshi ittifoq tuzishga muvaffaq bo'ldi. Bu ittifoq Qing imperiyasining Oʻrta Osiyoni zabt etishga qilgan urinishini barbod qildi. U Buxoro xonligi hukmdori Muhammad Rahimxon (1756-1758 ) bilan ittifoq tuzib , oʻzbek yuzlari qabilasi ustiga qarshi yurish qildi. Bu shahar Farg'ona vodiysiga g'arbdan kiraverishda muhim strategik mavqega ega edi. 1754-yilda bo‘lib o‘tgan jangda Hisor hukmdori Muhammad Aminbiyning aralashuvi tufayli Erdonabiy ogʻir magʻlubiyatga uchradi. Keyingi yillarda Xo‘jand Qo‘qon hukmdori tomonidan bir necha marta qo‘lga kiritilib, boy berilgan. Faqat 1758 yilda Irdona-biy raqiblarini mag'lub etib, Xo'jand va O‘ratepani egalladi. Erdonabiydan merosxo'r farzand qolmadi. Uning beshta qizi bor edi[3].

O‘limi

tahrir

1762 yilda Erdanbek vafotidan keyin taxtga Shohruhbiyning uchinchi o‘g‘li Shodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. Uning taxni egallashida urug‘ oqsoqollarining ko‘magi katta bo‘lgan bo‘lsada u atigi 6 oy hukmdorlik qildi. Shundan so‘ng 1770-yilda Qo‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‘g‘li Norbo‘tabiy (1770-1801 yy.) o‘tiradi. Norbo‘tabiy Markaziy hokimiyatni mustahkamlashda, bo‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U Chust va Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng, bu shaharlarga o‘z odamlarini hokim etib tayinlaydi.

Manbalar

tahrir
  1. Hakimxan to'ra. Muntahab ut tavorix. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010 — 721-bet. 
  2. История Средней Азии. Москва: Евролинц. Русская панорама, 2003, с.301
  3. История Средней Азии. Москва: Евролинц. Русская панорама, 2003, с.301

Adabiyot

tahrir
  • Bobobekov H.N., Qoʻqon tarixi, T., 1996.