Abdulla Aripov
- Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.
Abdulla Nigʻmatovich Aripov (Абдулла Ниғматович Арипов, 1961-yil 24-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik muhandis va iqtisodchi, davlat va siyosat arbobi, 2016-yildan mamlakat bosh vaziri[1][2].
Abdulla Aripov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri | |
Mansab davri 2016-yil 14-dekabrdan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori | |
Mansab davri 2002-yil 30-maydan – 2009-yil 27-oktabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Hakim Muhiddinov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-may 1961-yil Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Maʼlumoti | Toshkent elektrotexnika aloqa instituti |
Mukofotlari | |
Vebsayti | Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali |
Tarjimai holi
tahrir1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – muhandis. 1983-yilda Toshkent aloqa-elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini) tamomlagan[3].
Karyera
tahrir1983-yildan 1992-yilgacha Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis lavozimida faoliyat olib borgan. 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis sifatida ishlagan. 1993—1995-yillarda „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasi direktorining oʻrinbosari, 1995-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari, 1995-1996-yillarda „TashAfinalAL“ korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan[3].
Abdulla Aripov 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimi boshligʻi, 1997—yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari, 1997—2000-yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori vazifalarida ishlagan. A. Aripov 2002-yildan boshlab hukumat tarkibiga kiradi[4]. 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari – Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, 2005-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan[4].
2012-yil avgust oyida „MTS“ aloqa operatori bilan bogʻliq mojarolar ortidan ishdan boʻshatilgan. 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti marketing va menejment kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan[5].
Abdulla Nigmatovich mana shu uch yilda koʻp narsalarni oʻrgandilar. Bosh vazir oʻrinbosari boʻlib yurish u boshqa narsa narsa. Ammo Bosh vazir boʻlib yurish va katta-katta masalalarni hozirgi sharoitda boʻyniga olib va ularni bilan til topishib, hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish oson narsa emas. Men 14 yillik ushbu lavozimda oʻtirgan va uch marta qayta-qayta shu lavozimga tayinlangan odam sifatida aytamanki, Bosh vazirning yuragidan qanday hissiyotlar oʻtayotganini men sezaman. Nega desangiz, Abdulla Nigmatovichni men 20 yildan beri yaxshi bilaman. Koʻp yillar yonma-yon boʻlib ishlaganmiz. Hayotda koʻp ogʻir tuhmatlar boʻldi va bu tuhmatlarni oʻzidan oʻtkazib hech qachon singani yoʻq. Shuning uchun men lavozimga oʻtirganimdan keyin Abdulla Nigmatovichni qaytarganim ham adolat nuqtai nazaridan bejiz emas
— Sh. Mirziyoyev, [6]
2016-yil 13-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan[7]. 2016-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[8]. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi[9] 2020-yil yanvar oyida Bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi[10].
2024-yil 4-oktyabrda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi[11]. Mazkur lavozimda 2022-yilning may oyidan buyon ishlab kelayotgan Alisher Saʼdullayev federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi[12].
Oilasi
tahrirOilali, besh nafar qizi bor. Qudasi – Alisher Xoʻjayev, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining sobiq raisi[13][14].
Ilmiy darajasi
tahrir2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda „Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari“ mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[15]. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Manbalar
tahrir- ↑ A. Aripov bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi
- ↑ Biografiya (rus), qaraldi: 2016-12-13
- ↑ 3,0 3,1 „Abdulla Aripov faoliyatiga nazar: aloqa sohasidan yuksak choʻqqilar sari yoʻl“ (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ „Prezident Abdulla Aripovga boʻlgan tuhmatlar haqida gapirdi“ (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ https://qalampir.uz/uz/news/prezident-abdulla-aripovga-bulgan-tu%D2%B3matlar-%D2%B3ak-ida-gapirdi-13177
- ↑ „Abdulla Aripov hukumatga qaytdi“ (2016-yil 14-sentyabr). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ „Tarjimai holi“. Kun.uz.
- ↑ https://daryo.uz/2021/11/18/ozbekistonning-barcha-aloqa-vazirlari-bitta-suratda/
- ↑ „Abdulla Aripov takror Oʻzbekiston bosh vaziri etib saylandi“ (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi“ (2024-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Bosh vazir Abdulla Aripov Shaxmat federatsiyasiga rais bo‘ldi“.
- ↑ „ХОДЖАЕВ Алишер Джураевич“.
- ↑ „Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси (МТРК) раиси Алишер Хўжаев“.
- ↑ https://web.archive.org/web/20061006032501/http://www.tuit.uz/Faculity/default.aspx