Malika Abdullaxoʻjayeva
Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva (1932.28.11, Moskva — 2018.26.06) – patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1970). Oʻzbekiston qahramoni ordeni bilan taqdirlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan (1956). Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri (1960—1962), Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti patomorfologiya va gistoximiya laboratoriya mudiri (1963—1969), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1969—1990), 1990-yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi mudiri. Abdullaxoʻjayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bagʻishlangan, Oʻzbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yoʻnalish – transplantatsiyaviy immunopatologiya asoschisi. Oʻzbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining muallifi (1997). Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986-yildan)[1].
Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva | |
---|---|
Tavalludi |
28-noyabr 1932-yil |
Vafoti |
28-iyun 2018-yil (85 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Rossiya, SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirMalika Abdullaxoʻjaeva 1932-yil 28-noyabrda Moskvada Sharq mehnatkashlari kommunistik universiteti talabalari oilasida tugʻilgan[2].
Abdullaxoʻjaeva 1950-yilda Toshkent shahridagi 110-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan, Toshkent davlat tibbiyot instituti (ToshGoSMI)ning davolash fakultetini (1956, imtiyozli diplom), SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi Miya instituti (gistokimyo laboratoriyasi) aspiranturasini (1960) tamomlagan[2]. 1960-yil 27-dekabrda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Tibbiyot-biologiya boʻlimi ilmiy kengashida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[2].
1968-yilda Abdullaxoʻjaeva doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1970-yilda professor unvonini oldi.
Mehnat faoliyati
tahrirAbdullaxoʻjaeva 1963-yildan 1969-yilgacha Toshkent davlat tibbiyot institutida ishlagan. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi Radiologiya, radiobiologiya va onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti patomorfologiya boʻlimi bilan gistokimyo laboratoriyasini boshqargan[2].
1969-yildan boshlab Abdullaxoʻjaeva Toshkent davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1990-yilda institut boʻlinganidan soʻng 2-ToshMI patologik anatomiya kafedrasiga mudirlik qilgan, 2000-yilgacha bu kafedraga rahbarlik qilgan[3]
Abdullaxoʻjaeva 1972—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh patologoanatomi lavozimida ishlagan[4].
1995-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 2000-yilda esa haqiqiy aʼzo (akademik) etib saylangan.
Abdullaxoʻjaeva koʻplab uslubiy qoʻllanmalar va darsliklar, jumladan chet ellik talabalar uchun, stomatologiya fakulteti talabalari uchun atlas muallifi. Abdullaxoʻjaeva 1997—1999-yillarda tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining 3-kurs talabalari uchun „Odam patologiyasi asoslari“ nomli birinchi oʻzbekcha ikki jildlik oʻquv qoʻllanmasini nashr ettirdi[4].
Malika Abdullaxoʻjaeva 2018-yil 26-iyun kuni vafot etdi.
Mukofot va unvonlari
tahrirAbdullaxoʻjaeva – Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). „Shavkatli mehnat uchun“ medali (1970), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1976), „Mehnat faxriysi“ medali (1984), „Oliy ta’lim a’lochisi“ (2000), Mehnat shuhrati ordeni (2003) orden, medal va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[3] 2006-yilda „Oltin yulduz“ ordeni bilan „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 "Памяти Малики Саматовны Абдуллаходжаевой (28.11.1932—26.06.2018)" (ru). Архив патологии 5: 75. 2018. https://www.mediasphera.ru/issues/arkhiv-patologii/2020/5/downloads/ru/1000419552018051075.
- ↑ 3,0 3,1 „Абдуллаходжаева Малика Саматовна“ (ru-RU). Письма о Ташкенте. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 "Малика Саматовна Абдуллаходжаева (к 75-летию со дня рождения)". Архив патологии 6: 58-59. 2007. https://historymed.ru/upload/iblock/7ff/7ff63aeed4067d48a9cd8a0fa259fe91.pdf.
- ↑ „АБДУЛЛАХОДЖАЕВА Малика Саматовна“. Centrasia. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |