Abdulloh Nasrullohiy (taxminan 15-asr 70-yillari — 16- a. oʻrtalari) — Shayboniylar davri oʻzbek tarixchi olimi.

15-asrning 90-yillarida Balx viloyati hokimi temuriyzoda Badi-uzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), shayboniylar (Muhammad Shayboniyxon, Muhammad Temur sulton, Suyunchxoʻjaxon) xizmatida boʻlgan. Suyunchxoʻjaxonning oʻgʻli Sulton Muhammad (boshqa bir ismi Keldi Muhammad, Shoxruxiya viloyati hokimi) topshirigʻiga koʻra "Zubdat ul-asar" asarini yozgan (taxminan 1533). Unda turkiy, moʻgʻul xalqlarining tarixi, turkiylarning afsonaviy bobokaloni Yofas ibn Nuxdan boshlab Movarounnaxr va Xurosonni shayboniylar bosib olgunigacha, dastlabki shayboniylar davridagi Movarounnaxr va Xurosondagi siyosiy hayot (1525-yilgacha) bayon etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil