Abdulloh Sipadmuniy
Abdulloh Sipadmuniy — (871—952) — buxorolik olim va muhaddis. Abdulloh Sipadmuniy milodiy 871-yilda tavallud topgan. Uning qabri Buxoro shahridan yarim farsah janubdadir. Hozirgi kunda bu ziyoratgoh oltinchi kichik nohiya hududida hisoblanadi. Bu qishloq Abdulloh Sipadmuniy (Safedmo‘y) deb ataladi. Abdulloh Sipadmuniy xalq nazdida Ustoz nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hazrat Abdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub al Ustoz Sipadmuniy muhaddis, alloma, faqih, buyuk tarbiyachi boʻlgan. Hazrat Abdulloh Sipadmuniyning ustozi Abu Havs Sag‘ir al-Buxoriy hisoblangan. Abdulloh Sipadmuniy Buxoro, Iroq, Hijoz, Xuroson kabi hududlarda taʼlim olgan. U yuzlab kishilarga taʼlim bergan, Uning shogirtlaridan biri ulug faqih Imom Abu Bakr Fazl (?-991) hisoblanadi. „Tuhfat az-zoirin“ asarida yozilishicha, Sipadmuniy darslari xalqasida 400 shogird o‘tirib, u kishidan hadis yozib olar ekan[1]. Abdulloh Sipadmuniyning „Kashful osor ash sharifa fi manoqibi Abu Hanifa“, „Musnadi Abu Hanifa“ va boshqa kitoblari olamga mashhur. Buxoro shahri Sallaxona darvozasi ichkarisida Arabon ko‘chasi bor. Arabon ko‘chasida Hazrat Abdulloh Sipadmuniy jomeʼ masjidi joylashgan. Ushbu tabarruk masjid sobiq Ittifoq zamonida nonvoyxona, omborxona, ustoxonaga aylantirilgan. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Arabon guzari aholisi usto Abdulloh Atoyev harakati bilan ushbu obidani asl holiga keltirilgan. Ayni shu kundarda Abdulloh Sipadmuniy jomeʼ masjidi namozxonlar ixtiyoriga berilgan. Hazrat Abdulloh Sipadmuniy toʻgʻrisida as Samaʼniyning „Nasabnoma“, Nosiriddin To‘raning „Tuhfat az-zoirin“ kitoblari va boshqa manbalarda maʼlumotlar mavjud. Hanafiya mazhabining yurtimizda yoyilishiga Abdulloh Sipadmuniyning xizmati kattadir. Abdulloh Sipadmuniy 952-yilda vafot etgan[2].
Muhaddis | |
---|---|
Ism |
Abdulloh Sipadmuniy |
Tavalludi |
871-yil |
Vafoti |
952-yil |
Falsafa maktabi |
|
Manbalar
tahrir- ↑ Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet.
- ↑ Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.