Abu Havs Sagʻir al-Buxoriy — (?—877) — buxorolik olim va muhaddis. Hazrat Abu Hafs Sagʻir Abu Hafs Kabirning oʻgʻli boʻlib, islom olamida Abu Abdulloh al-Faqih nomi bilan nom qozongan. Abu Hafs Sagʻir ilmni oʻz otasi Abu Hafs Kabirdan oʻrgangan. „Nasabnoma“ asarida Abu Abdullohning juda koʻp shogirdlari nomlari zikr etilgan. Jumladan, Abu Hafs Axmad ibn Hotam as Sikachkasiy Buxoriy (?—938), Abu Bakr ibn Asad Sibadmuniy, Abu Ahmad Hakim ibn Luqmon ar Romoniy va boshqalar tilga olingan. „Samariya“ asarida esa Burhoniddin Margʻinoniyning (1123—1197) ustozi silsilasi keltirilgan. Ushbu silsilada Hazrat Abu Hafs Sagʻir Abu Abdulloh al Faqih nomi ham qayd etilgan. U silsila quyidagicha: "Burhoniddin Margʻinoniy Najmiddin Umar an Nasafiyning shogirdi, u kishi faxrul islom al Pazdaviydan, ul kishi Imom Shamsul aimma Halvoiydan, bu zoti sharif Imom al Saʼdiydan, bu zot Imom Xalil Abu Bakr bin Fazl al Buxoriydan, bu kishi Imom Abdulloh bin Yaʼqub Saʼiddan, bu kishi Abu Hafs Sagʻir Buxoriydan, bu kishi oʻz otalari Abu Hafs Kabir Buxoriydan saboq olganlar[1]". Abu Abdulloh al Fakih olim, obid, faqih, valiyulloh boʻlgan. U Otasi kabi hanafiya mazhabini Oʻrta Osiyoga yoyishda jonbozlik koʻrsatgan. Shuni ham taʼkidlab oʻtish joizki, u juda ham jasoratli boʻlgan. 874-yilda Xorazmdan Xusayn ibn Tohir kelib Buxoroni talaydi, shaharning koʻp qismini vayron etadi. Abu Abdulloh Samarqanddagi Somoniylar hukmdori Nasr ibn Ahmad maktub yozib, Buxoroga hokim yuborishni iltimos qilgan. 874-yil Nasr ibn Ahmad ukasi Ismoil ibn Ahmad Somoniyni Buxoroga amir etib jo‘natgan. Ismoil Somoniy hukmronligi davrida Buxoroda tinchlik, barqarorlik, obodongarchilik ishlari olib borilgan. Abu Hafs Sag‘ir 877-yil vafot etgan va qabri otasi Hazrat Abu Hafs Kabir yonida joylashgan[2].

Muhaddis

Ism

Abu Havs Sagʻir al Buxoriy

Tavalludi

Vafoti

877-yil

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Abu Tohirxoja Samarqandiy. Samariya (Samarqand mozorlari zikri). Toshkent: Kamalak, 1991 — 81-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.