Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy
Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy (arabcha: عبد الله بن علي المرغيناني – Abdulloh ibn Ali ibn Soin ibn Abduljalil ibn Xalil ibn Abu Bakr al-Fargʻoniy Abu Bakr ibn Abu-l-Hasan ibn Abu Bakr al-Margʻinoniy) – faqih va roviy.
Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1156-yil (hijriy 551-yil) |
Vafoti |
1220-yil (hijriy 616-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih va roviy |
Hayoti
tahrirAbdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy margʻilonlik yirik faqih, Samarqandda istiqomat qilib, imom-xatiblik vazifasida boʻlgan. Bagʻdodga 1204-yilda (hijriy 600) haj safaridan qaytib kirib kelgan. U yerda Abu Ahmad Amin, Abu Muhammad ibn Axzar, Abu-l-Qosim ibn Hasin va Abu Gʻolib ibn Banno, Abu Bakr al-Ansoriy va boshqalardan hadis eshitib, oʻz qoʻli bilan yozib borish bilan bir qatorda, movarounnahrlik ulamolardan olib kelgan qirqqa yaqin hadislarni rivoyat qilgan.
Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy oʻz mazhabining yirik imomi, jadal, xilof va hadis ilmlari, tilshunoslik, nasr va nazm bobida tengi yoʻq bilimdon olim boʻlgan. Manbalar Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniyni xushsuratli, goʻzal axloqli, taqvodor va tavozeli inson boʻlganligi haqida xabar beradi. Islom ilmlari qatorida nazm va nasrda ham sermahsul ijodkor boʻlgan. Shunga qaramay, ilmiy merosi hali aniqlanib tadqiq qilinmagan. Buxoroda tutqunda shahid boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- O. A. Qoriyev. Fargʻona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Margʻinoniy. – T.: "Fan", 2009. 61;
- Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 222.