Abdulloh ibn Zayd ibn Osim
Abdulloh ibn Zayd ibn Osim (arabcha: عبد الله بن زيد بن عاصم — Abu Muhammad Abdulloh ibn Zayd ibn Osim al-Ansoriy —? — 63/683, Madina) — sahoba.
Abdulloh ibn Zayd ibn Osim | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
683-yil (hijriy 63-yil) |
Oʻlim sababi | Harra jangi |
Dini | Islom |
Farzandlari | Ali, Xallod |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Hayoti
tahrirMashhur ayol sahoba Ummu Umoraning ikki o‘g‘lidan biri bo‘lgani uchun ham Ibn Ummu Umora nomi bilan mashhur bo‘lgan. Uhud jangida Payg‘ambarni yaqinlarida turib himoya qilgani sababli Ul Zotning hurmatlariga sazovor bo‘lgan. Abdulloh ibn Zayd Uhud va boshqa g’azotlarda qatnashgan. Ammo Badrda qatnashmagan. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim va oilasi Uhud jangida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Payg‘ambar Allohdan ularni jannatda o‘zlariga qo‘shni qilishini so‘rab duo qilganlar.
Payg‘ambar Abdulloh ibn Zayd ibn Osimning uyiga mehmon bo‘lib kelganlarida, tahorat olib namoz o‘qiganlar. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Payg‘ambarning qanday tahorat olayotganlarini yaqindan kuzatib, buni rivoyat qilgani bilan ham mashhurdir. Payg‘ambarning tahorat qilayotganlarida quloqlarini mash qilganlari mazkur rivoyatdan olingan. Sahihaynda Abdulloh ibn Zayd ibn Osim dan qirq sakkizta hadis rivoyat qilingan. Undan ukasining o‘g‘li Abbod ibn Tamim, Sa’id ibn Musayyab va Yahyo ibn Umora kabi muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.
Abdulloh ibn Zayd ibn Osimning ukasi Habib ibn Zaydni payg‘ambarlikni daʼvo qilgan Musaylama payg‘ambarligiga ishonmagani uchun o‘ldirgan. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim ukasining qasosini olishga ont ichib, Yamoma jangida Vahshiy bilan birgalikda uni o‘ldiradilar. Yazid ibn Muoviyaning adolatsiz boshqaruvidan bezgan madinaliklar Abdulloh ibn Hanzalaning yonida to‘planib, Yazidga qarshi bay’at qilganlarida Abdulloh ibn Zayd ibn Osim ham o‘g‘illari bilan bu kurashda qatnashadi, Harra jangi (hijriy 63-yil/683-yil, avgust)da o‘g‘illari Ali va Xallodlar bilan birga shahid bo‘ladi.
Adabiyotlar
tahrir- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 270-273, 341;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 312;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 250-251;
- Az-Zahabiy. Siyar. II, 377-378;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 312;
- İsmail L. Çakan. „Abdullah b. Zeyd b. Âsim“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 143.