Abdulmalik

5-umaviy xalifa (685-705)

Abdulmalik yoki Abdulmalik ibn Marvon (646/647-yil — 705-yil) — umaviylarga mansub xalifa (685-705).

Abdulmalik 685–692-yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlarini, 689–702-yillarda Damashqda Amr ibn Sayd al-Ashdaq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashʼasni, shuningdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-97)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlari oʻtkazgan; devon va idoralarda yunon, oʻrta fors tillari oʻrniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvli oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, bariyd (pochta) ishini yoʻlga qoʻygan[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Abdulmalik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir