Abdulmuttalib ibn Rabi’a
Abdulmuttalib ibn Rabi’a (arabcha: عبد المطلب بن ربیعة — Abdulmuttalib ibn Rabi’a ibn al-Horis al-Hoshimiy (? — 61/680-81, Damashq) — sahoba.
Abdulmuttalib ibn Rabi’a ibn al-Horis al-Hoshimiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 680-81-yil (hijriy 61-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | sahoba |
Oilasi
tahrirOtasi Rabi’a ibn al-Horis ibn Abdulmuttalib bo‘lib, Payg‘ambarning amakisi Horisning nabirasi. Baʼzi manbalarda ismi Muttalib deb qayd qilingan. Biroq Ibn Asirning aytishicha, Payg‘ambar uning „Muttalibning quli“ mazmunidagi ismini o‘zgartirmagan. Onasi — Payg‘ambarning amakisi Zubayrning qizi Ummul-Hakam bo‘lgan. Abdulmuttalib ibn Rabi’a Madinada istiqomat qilgan, so‘ngra Umarning xalifalik davrlarida Shomning Damashq shahriga ko‘chib o‘tgan.
Oila qurishi
tahrir„Sahӣh Muslim“da keltirilishicha, otasining qistovida Fazl ibn Abbos bilan Payg‘ambarning oldiga kelib, uylanish vaqti kelgani hamda zakot ishlariga mas’ullikdan tushadigan puldan uylanish niyati borligini aytadi. Ul Zot payg‘ambar oilasiga mansub kishilarga bu yo‘l bilan pul topish to‘g‘ri kelmasligini aytib, amakilarining o‘g‘li Navfal ibn Horis va Mahmiya ibn Jazni chaqirtiradilar. So‘ng Navfalga qizini jiyanlari Abdulmuttalib ibn Rabi’aga, Mahmiyaga esa qizini Fazlga berishlarini tavsiya qiladilar. Yoshlar ana shunday tarzda oila qurdilar. Abdulmuttalib ibn Rabi’aga Navfal emas, balki Abu Sufyon qizini bergani haqidagi rivoyat ham mavjud.
Abdulmuttalib ibn Rabi’a Payg‘ambar va Alidan hadis rivoyat qilgan. Undan esa o‘g‘li Abdulloh, Abdulloh ibn Horis ibn Navfal va uning o‘g‘li Muhammadlar rivoyat qilganlar.
Vafoti
tahrirAbdulmuttalib ibn Rabi’a 61/680-81-yilda Madinada vafot etgan. Baʼzi manbalarda vafot sanasi 62/681-82-yil ham ko‘rsatilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubra. — Bayrut: 1388/1968. IV, 57-59;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 508-509;
- Az-Zahabiy. Siyar. III, 112-113;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 430-431;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. Tahzӣb at-tahzӣb. IV, 383-384.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |