Zakot (arab. — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayrehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan musulmon Zakot beradi. Zakot beruvchi kishining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlishi lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qoʻygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qurʼoni karimning ayrim suralarida Zakot namoz bilan yonmayon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart boʻlgan xayrehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Zakot miqdori mablagʻlarning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga haqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muxtojlarga, bunday qarindoshlar boʻlmasa, kambagal, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.

Adabiyotlar

tahrir
  • Imom alBuxoriy, Hadis, 1j. T., 1991; Margʻinoniy Burhoniddin, Hidoya, 1j., T., 2000.[1]

Zakot (arabcha :زكاة') islomiy hayr-ehson, sadaqa tushunchasini bildiradi. Musulmonlar oʻzlarining yillik daromadlari islomda belgilangan eng kam miqdor(Nisob)dan oshganda oʻz daromadlarining 2.5%ni jamiyatning belgilangan qatlamiga toʻlash majburiyatidadirlar. Zakot oʻzbek tilida "oʻsish"(yahshilik jihatidan), "oʻrtish","tozalanish","tarbiyalash","tozalash" maʻnolarini bildiradi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil