Abdulvohid ibn Zayd (arabcha: عبد الواحد بن زيد) — ilk davr so‘fiylaridan.

Abdulvohid ibn Zayd
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 793-yil (hijriy 177-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi ilk davr so‘fiylaridan

Hayoti

tahrir

Shayx al-ubbod“ va „shayx as-so‘fiyyaunvonlari bilan ham zikr qilinadi. Zuhdga aloqador manoqiblari bilan mashhur. Manbalarda Abdulvohid ibn Zaydning Hasan al-Basriy bilan ko‘rishgani va uning shogirdi bo‘lgani haqida rivoyat mavjud. Attor Abdulvohid ibn Zaydni Yusuf ibn al-Husayn ar-Roziy bilan zamondosh bo‘lganini aytib, uning majlisida tavba qilganini zikr qilgan bo‘lsa-da, bu noto‘g‘ri maʼlumotdir.

Abdulvohid ibn Zayd Basradagiyig‘lagan zohidlardandir.

Nomi Alaviyya va Kummaliyya tari­qatlari silsilasida mashhur bo‘lgan Abdulvohid ibn Zaydning so‘z va manoqiblari al-Yofi­’iyning „Ravz ar-rayāhӣn“ asari, boshqa manoqibnomalar, so‘fiy tabaqot kitob­laridan o‘rin olgan. Hasan al-Basriy va Ato ibn Abu Raboh, Abdulloh ibn Roshid, Uboda ibn Nasiylardan hadis rivoyat qilgan. Undan Muhammad ibn Sammok, Vakiy’, Zayd ibn Habbob, Muslim ibn Ibrohim va Abu Sulaymon Doroniy kabi olimlar hadis rivoyat qilganlar. Biroq hadisshunos olimlar uni matruk roviy, rivoyat etgan hadislarini esa munkar deb qabul qilganlar. Imom Buxoriy uning hadisini tark qilganlar, deyiladi. Imom Nasoiy uni „matruk al-hadis“, degan. Ibn Hibbonning taʼkidlashicha, u ibodatga o‘ta berilib ketganidan hadislarda biroz beparvolikka yo‘l qo‘ygan, natijada uning rivoyatlarida munkar hadislar ko‘payib ketgan.

Hasan al-Vazzon uning butun basraliklarga yetadigan huznga sohib bo‘lganligini aytgan. Uning doimo sevgi va ishqdan bahs qilgani, muhabbat borasida yuqori mavqeda bo‘lgani va unga Robiya al­-Adaviyyaga uylanish taklifi tushgani haqida rivoyat qilinadi. U „eng yuqori daraja muhabbatdir“ degan bo‘lsa-da, rizo undan ham ustun ekanini eʼtirof etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Al-Gʻazzoliy. Ihyā. — Qohira: 1939. IV, 386;
  • Ibn al-Javziy. Sifa as-safva. — Halab: 1969-73. III, 321;
  • Az-Zahabiy. Siyar. VII, 178; Ash-Shaʼroniy. At-Tabaqāt al-kubrā. - Qohira: 1954. I, 46;
  • Yusuf an-Nabhoniy. Jāmi’ karāmāt al-avliyā. I, 137.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.