Ibodat (arab. — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlar (xudo, ruh va b.) ga sig‘inish, iltijo qilish. Ibodat har qanday dinga xos. Turli dinlarda turlicha Ibodat qilinadi. Diniy eʼtiqodning tarkibiy qismi sifatida Ibodat qatʼiy tartib va qoidalarga boʻysundirilgan. Masalan, xristianlar xochga choʻqinadilar, musulmonlar kuniga besh vaqt namoz oʻqib ibodat qiladilar. Islomda diniy pok hisoblanmaganlar, akli norasolar, xastalar Ibodat dan ozod qilingan. Ibodat yakka holda yoki koʻpchilik boʻlib bajariladi. Diniy taʼlimotga koʻra, butun borliqni unutib, oʻzini faqat xudoga yaqinligini, unga itoatkorligini his etgan holda ibodat qilish kerak. [1]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil