Abdunazar Poyonov (1949, Qiziriq tumani) — Oʻzbekiston xalq baxshisi (2003). Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Termiz pedagogika institutini tugatgan (1973). Qiziriq tumani umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi (1973-yildan). Dostonchilik anʼanalarini Mardonaqul baxshi, Umir baxshilardan oʻzlashtirgan. Repertuaridan "Alpomish", "Malika ayyor", "Sherali" va boshqa dostonlar, doʻmbira kuylari, shuningdek, xalq ("Doʻmbiram", "Nima aytay"’ va boshqalar) hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida oʻzi ijod qilgan termalar oʻrin olgan. Xalqaro (Qozogʻiston, 1997; Termiz, 1999) va respublika baxshi-shoirlar taplovlari laureati. Vafot etgan 16.05.2022

Abdunazar Poyonov 2016-yilda