Baxshi (turkmancha: bagşy; qoraqalpoqcha: baxsı; qozoqcha: бақсы; qirgʻizcha: бакчы; bagʻsha — ustod, maʼrifatchi; sanskritcha bhikshu — qalandar, darvesh):

O'zbek baxshisi Abdunazar Poyonov

1) xalq dostonchisi. Qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi sanʼatkor. Baxshi soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor Baxshilarga boʻlinadi. Ijro-ch i Baxshilar, asosan, ustozidan oʻrgangan dostonlarni juzʼiy oʻzgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor Baxshilar ogʻzaki epik anʼana asosida dostonning oʻz variantlari, hatto ular asosida yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday Baxshilar shoir deb ham yuritiladi. Mas, Ergash shoir, Fozil shoir, Poʻlkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoir va boshqa Baxshi doston va qoʻshiqdarni qoʻbiz, doʻmbi-ra, dutor kabi sozlar joʻrligida kuy-laydi. Xorazm Baxshilari dostonlarni asosan, dutor, qisman tor bilan ijro etadilar, ularga gʻijjak va boʻlamonda sozchilar joʻr boʻladilar. Doston kuylash, shogʻird yetishtirishda qatiy tartib, qonun-qoidalarga rioya qilingan (yana q. Dostonchilik);

2) moʻgʻullar istilosi davrida budda dinidagi qalandarlarni, uygʻur alifbosi asosida turli hujjatlar tuzuvchi idora xodimlarini, moʻgʻullardajarrohlarni.Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, Qozon va Qrim xonliklarida kotiblarni, Boburiylar davlatidagi harbiy qismlarning hisobkitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh toʻlovchi yirnk amaldorlarni, Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ (sarf-xarajat) hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urut oqsoqollarini ham Baxshi deb atashgan.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil