Abduqayum Parvonachi Ulayev (Abduqayum Parvonachi) — (1897—1925) — Sharqiy Buxoroda qizil askarlarga qarshi kurash olib borgan yirik qoʻrboshi. Buxoro amiri amaldori. Ibrohimbekning qayniotasi va maslahatchisi[1].
Abduqayum Parvonachi 1856-yilda Buxoro amirligi Baljuvon bekligidagi Kangurt tumani Toʻrtkoʻl qishlogʻida tavallud topgan. U keyinchalik Kangurt tumani Dangʻara qishlogʻida yashagan. Dehqonchilik bilan shugʻullangan. Abduqayum oʻz hududida oqsoqol boʻlib, aholi oʻrtasida katta nufuzga ega boʻlgan. Tarixchi va falasuf olim Nasriddin Nazarov soʻzlariga koʻra, Abduqayum amirlik qoʻshini va saroyida xizmat qiladi. Sadoqatli xizmati uchun u parvonachi mansabini egallagan. Buxoro amirligida parvonachi amirning tayanchi hisoblanib, oliy lavozimlardan biri boʻlgan. Amir qabulxonasida parvonachi uchun maxsus oʻrindiq mavjud boʻlgan. Parvonachi baʼzida harbiy yurishlarida ishtirok etgan va maʼlum qismga qoʻmondonlik qilgan. 1920-yil sentyabrda qizil armiya tomonidan amirlik tuzumi agʻdarilgach, Sharqiy Buxoroda qizil askarlarga qarshu janglar olib borishgan. Abduqayum parvonachi tomonidan tashkil etilgan guruh Sharqiy Buxoroda muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Parvonachi guruhida uning kuyovi Ibrohimbek ham boʻlib, u qizil armiyaga qarshi kurashda oʻzining jasurligi bilan ajralib turgan. 1921-yil boshlarida Dangʻara yaqinidagi Qoratogʻda qizil askarlarga qarshi kurashda Abduqayum Parvonachi jiddiy jarohat olgan va keyinchalik Ibrohimbekni qoʻshinga boshchilik qilishga tayinlagan. Abduqayum Parvonachi uzoq yillar Ibrohimbekka maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. 1926-yilda u Afgʻoniston tomonga oʻtib ketgan. 1926—1931-yillar Avgʻoniston hududida Ibrohimbek bilan birgalikda boʻlgan. 1931-yil 30-martda Ibrohimbek bilan birgalikda u ham Tojikiston SSRga qaytgan. 1931-yil 10-avgustda sovet hukumati tomonidan 76 yoshida otib tashlangan[2].
tahrir
- ↑ Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399-bet.
- ↑ Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.