Baljuvon bekligi yoki Baljuvon viloyati (tojikcha: Бекигарии Балҷувон) – Buxoro amirligidagi maʼmuriy birlik. Hozirgi Tojikiston hududiga toʻgʻri keladi. Maʼmuriy markazi Baljuvon shahri.

Baljuvon bekligi
tojikcha: Бекигарии Балҷувон

XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari
XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari

Mamlakat Buxoro amirligi
Maʼmuriy markazi Baljuvon
Bekor qilingan sanasi 1920
Xaritada

Baljuvon begi oʻz qoʻl ostidagi yerlarni amlokdor, mirob, amin kabi mahalliy amaldor va diniy rahnamolar yordamida boshqargan.

Tarixi

tahrir

Sharqiy Buxoro Buxoro amirligiga qoʻshib olingandan soʻng Baljuvon beklikka aylantirildi va bu yerda tez orada „buxorocha tartib“ joriy etildi. Amir tomonidan tayinlangan beklar butun maʼmuriy hokimiyatni oʻz qoʻllarida toʻplashdi[1].

Vose qoʻzgʻoloni

tahrir

1887—1888-yillarda Sharqiy Buxoroda Vose boshchiligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Qoʻzgʻolonga ogʻir soliqlar, qurgʻoqchilikdan keyin ekinlarning nobud boʻlishi va xalqning ogʻir iqtisodiy ahvoli sabab boʻladi. Qoʻzgʻolon vaqtida Abdulqodir Baljuvon begi edi. U Hisor begi Ostanaqulbek yordamida qoʻzgʻolon bostiriladi. Qoʻzgʻolon rahbari Vose Shahrisabzda Amir Abdulahadxon tarafidan qatl ettiriladi[2].

Aholisi

tahrir

Aholi zichligi boʻyicha Hisor va Koʻlob bekliklaridan keyin Baljuvon bekligi oʻrin egallagan. Fargʻona viloyati gubernatori Georgiy Arandarenkoning maʼlum qilishicha, Baljuvonda Koʻlobga nisbatan kamroq aholi yashagan[3].

Iqtisodiyoti

tahrir

Baljuvon bekligida, asosan, Yaxsuv daryosi boʻyida sugʻoriladigan dalalarning katta maydoni mavjud boʻlib, chorvachilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar boʻlgan[4][5].

1896—1917-yillarda beklik hududida rus kon muhandisi va tadbirkor A. P. Juravko-Pokorskiyning korxonasi ishlagan, u yerda mahalliy va rus fuqarolari mehnat qilgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. Искандаров 1963, s. 11.
  2. „Vose qoʻzgʻoloni“,   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 2-jild (Beshik — Gidrofizika). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 704-bet. 
  3. Искандаров 1962, s. 21—22.
  4. Искандаров 1962, s. 15.
  5. Искандаров 1962, s. 109.
  6. Искандаров 1963, s. 252.

Adabiyotlar

tahrir
  • Искандаров Б. И. „I“, . Восточная Бухара и Памир во второй половине XIX в.. Душанбе: АН Таджикской ССР, 1962. 
  • Искандаров Б. И. „II“, . Восточная Бухара и Памир во второй половине XIX в.. Душанбе: АН Таджикской ССР, 1963.