Abdurahim Ismoilov
Abdurahim Isroilovich Ismoilov (1942-yil 24-iyul, Toshkent) — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1982). Dastlab Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasida, 1970-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida kinooperator. Eng yaxshi badiiy va hujjatli filmlari: „Chegara shu yerda tugaydi“ (3 qismli), „Oʻzganing baxti“, „Kelin kuzatish“, „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Beshinchi raqamli lager“ (5 qismli, Turkiya bilan hamkorlikda), „Ehtiros qurbonlari“, „Kichkina tabib“ va boshqalar. 1983-yildan Toshkent sanʼat institutida pedagog, kafedra mudiri, dotsent. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |