Abdurahim Qurbonov
Abduraxim Eshonqulovich Qurbonov (1974-yil 10-may; Jarqoʻrgʻon tumani — 2021-yil 8-iyul Toshkent) — O'zbek siyosatchisi, tarixchi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi a'zosi. O'zbekiston Ekologik partiyasining a'zosi. Tarix fanlari nomzodi. Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquqiy masalalar qo'mitasi a'zosi[1].
Qurbonov Abduraxim | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1974-yil 10-may Surxondaryo viloyati Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
2021-yil 8-iyul Toshkent |
Maʼlumoti | Termiz davlat universiteti |
Biografiyasi
tahrirQurbonov Abdurahim Eshonqulovich 1974-yil 10-mayda Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida tug'ilgan. 1996-yilda Termiz davlat universitetining tarix, sotsiologiya va davlat huquqi mutaxassisligini tamomlagan. Xuddi shu yili u Termiz davlat universitetida dars berishni boshladi. 1999-yildan 2001-yilgacha u aspirant, o'qituvchi, so'ngra universitetning katta o'qituvchisi. 2009-yilda u O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida ish boshladi va u yerda 2014-yilgacha ishladi. 2010—2019 yillarda Qonunchilik palatasining Qonunchilik, sud-huquq masalalari qo'mitasi a'zosi boʻlgan. 2019-yilda u Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquqiy masalalar qo'mitasi a'zosi lavozimini egalladi[2][3].
Mukofotlar
tahrir2011-yilda Abdurahim Eshonqulovichga "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni topshirildi. Keyin, 2016-yilda unga "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishoni topshirildi. Keyinchalik, 2017-yilda u "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonini oldi. 2019-yilda u "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan[4].
Vafoti
tahrirAbdurahim Qurbonov 2021-yil 8-iyul kuni koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etdi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ https://elections.uz/ru/lists/candidates?page=20
- ↑ https://lex.uz/docs/5113743
- ↑ https://www.lex.uz/ru/docs/5111964
- ↑ „Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса скончался от последствий COVID-19“. Взгляд.uz. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.