Abdurashid Joʻraboyev
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
Abdurashid Abduvohidovich Joʻraboyev – oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi[1]. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari boʻlgan[2]. 2024-yil 2-fevraldan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[3][4].
Abdurashid Abduvohidovich Joʻraboyev | |
---|---|
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi | |
Mansab davri 2024-yil 2-fevraldan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | Alisher Xoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-oktyabr 1975-yil Fargʻona |
Mukofotlari |
2011-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
Akasi – Abduqahhor Joʻraboyev, 2020-yildan Toshloq tumani hokimi[5]