Abdusalom Vaxitovich Umarov (1960-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Abdusalom Umarov
Tavalludi 1960-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent amaliy fanlar universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Abdusalom Umarov 1960-yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan[1]. 1977—1982-yillarda Toshkent davlat universitetining Fizika fakultetida tahsil olgan. 1982—1995-yillarda Toshkent davlat universitetida aspirant, assistent, dotsent, 1995—2002-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi maxsus gimnaziya direktori, 2008—2012-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti „Fizika“ kaferdasi mudiri, 2012—2013-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti prorektori, 2013—2018-yillarda Namangan davlat universiteti rektori, 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq talimi vazirligi huzuridagi respublika taʼlim markazi rahbari, 2019-yildan Toshkent davlat transport universiteti „Tabiiy fanlar“ kaferdasi professori, 2021-yildan Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[1].

Oilasi

tahrir

Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati

tahrir

1988-yil 11-martda „Yarim otkazgichlar fizikasi“ ixtisosligi boʻyicha „Poliakrilonitril asosidagi yarim oʻtkazgichli piropolimerlarning elektr oʻtkazuvchanlik mexanizmini tadqiq qilish“ mavzusidagi dissertatsiya ishini Peterburg politexnika institutida professor Magripov Maxmud Asqarovich ilmiy rahbarligida himoya qilgan va fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 1989-yil dotsent ilmiy unvoni berilgan. 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi[1]. 2008-yil Toshkent davlat texnika universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va texnika fanlari doktori ilmiy darajani oladi. 2011-yil professor ilmiy unvoni berilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 

Havolalar

tahrir