Abduvohid Abdug‘aniyev
{Maqola tahrirlanmoqda}
Abdug‘aniyev Abduvohid | |
---|---|
Tavalludi |
5-yanvar 1934-yil Andijon viloyati, O'zbekiston |
Vafoti |
[?] |
Fuqaroligi | UZB |
Millati | O'zbek |
Sohasi | Moliya, Iqtisod |
Mukofotlari |
Abdug‘aniyev Abduvohid(1934-yil 5-yanvar Andijon) — olim, iqtisod fanlari doktori, professor, „Shuhrat“ medali sohibi sohibi.
Tarjimai holi
tahrirProfessor, Abduvohid Abdug‘aniyev 1934-yil 5-yanvarda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani Dardaq qishlog‘ida o‘rta hol dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1950-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent moliya-iqtisod institutiga (hozirgi Toshkent moliya instituti) kirib uni 1954-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1954-yilda ushbu institutning aspirantura yo‘nalishida tahsil olgan.
Faoliyati
tahrir1957-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibidagi Iqtisodiyot institutiga ilmiy xodim lavozimiga ish boshlagan. 1961-yilda “O‘zbekistonning jami iqtisodiy mahsuloti va milliy daromadining o‘sish surʼatlari va omillari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini egallagan.
Ilmiy izlanishlarida doimo yangiliklarga intilgan olim 1962-yilda O‘zbekistonda ilk bor “iqtisodiy ilmiy-tadqiqot ishlarida matematik usullarni va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish” sektorini tashkil etib uni rivojlantirgan.
Professor Abdug‘aniyev 1967-yilda institut tarkibida “takror ishlab chiqarish” sektorini tashkil qilib, sobiq Ittifoqdosh respublikalar orasida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekiston xalq xo‘jaligining Tapmoqlararo balans modelini ishlab chiqiqan va unga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilgan. Olimning o‘z ishiga mas’uliyatliligi, ilmiy ishlarining teranligi hamda tashkilotchilik qobiliyatini yuqori ekanligini eʼtiborga olib uni 1965-yilda sektor mudiri lavozimiga o‘tkazishgan.
Ilmiy darajasi
tahrirUzoq yillar davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlarini mujassamlashtirgan olim 1974-yilda “Ittifoqdosh Respublikalarda ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish qonuniyatlari va muammolari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. U 1972-yildan boshlab institut rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini lavozimida faoliyat yuritgan.
Professor Abduvohid Abdug‘aniyev 1977-yilda “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Jamiyatdagi faoliyati
tahrir- 1978-yilda sobiq Sovet ittifoqi Mehnat va ijtimoiy muammolar davlat qo‘mitasi huzuridagi Butunittifoq mehnat ilmiy-tadqiqot institutining O‘zbekiston filialini tashkil qilib, uni o‘n yil davomida boshqargan. O‘zbekiston xalq xo‘jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, mehnatni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha samarali izlanishlarni amalga oshirdi.
- 1987-yildan Toshkent davlat universitetida “Siyosiy iqtisod” kafedrasi mudiri lavozimida o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirdi. 1992-1995-yillar davomida Iqtisodiyot fakulteti dekani, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
- Professor A.Abdug‘aniyev ToshDU tarkibida, mamlakatda birinchi bo‘lib, “Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti” kafedrasini tashkil qildi. 1996-yildan Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi tashkil qilingan va yagona hisoblangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Mikroiqtisodiyot va makroiqtiso- diyot” kafedrasida professor lavozimida ishladi.
- 1999-yilda JIDU tarkibida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasini tashkil qildi va uni 2006-yilgacha boshqardi.
- Professor A.Abdug‘aniyev uzoq yillar davomida ilmiy – pedagogik faoliyat yuritib 35 dan ortiq fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlab iqtisodiyot nazariyasi fani sohasida “fan maktabi”ni yaratgan.
Uning 140 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, yirik monografiya, o‘quv qo‘llanma va risolalari chop etilgan. Qolaversa, ularning ayrimlari qator xorijiy mamlakatlar xususan, Rossiya, Gruziya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan.
Ilmiy unvonlari
tahrirA.Abdug‘aniyev iqtisod fanini va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hamda yuqori malakali iqtisodchi-ilmiy kadrlarni tayyorlashda qo‘shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali va faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Ilmiy ishlari
tahrir1.Abdug‘aniyev A.A., Mirzaxo‘jayev Ү., OsmininV.A “Obshestvenniy produkt i natsionalniy doxod Uzbekskoy SSR” T.: “FAN”, 1960-y. 2. Abdug‘aniyev A.A., Chumanova N.I., Rasulov F.R “Vosproizvodstvo valovogo produkta v promishlennosti Uzbekistana”.T.: “FAN” 1972-y. 3. Abdug‘aniyev A.A. “Tempi i proporsii vosproizvodstva obshestvennogo produkta v UzSSR”.-T.: “FAN”, 1973-y. 4. Abdug‘aniyev A.A., Ro‘zmatov Ch. “Trud v xlopkovodstve”. T.: “O‘zbekiston”, 1982-y. 5.Abdug‘aniyev A.A., Tolametova Z. “O‘zbekistonning mehnat salohiyati”.T.: “Mehnat”, 1998-y. 6. Abdug‘aniyev A.A., Mirzakarimova M. “O‘tish davri iqtisodiyotida mehnat bozori”.-T.: “Mehnat”, 1999-y. 7.Abdug‘aniyev A.A., Toniyans G.S. “Iqtisodiyot nazariyasi asoslari (o‘quv qo‘llanma) I –qism.-T.: JIDU, 2002-y. 8.Abdug‘aniyev A.A., Mutalov A. “Povisheniya proizvoditelnosti truda: tempi, faktori, rezervi”.T.: “O‘zbekiston”, 1986-y.
Manbalar
tahrir