Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Muso Shoshiy Fashoniy

Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Muso Shoshiy Fashoniy (480/1088-556/1161 y.y) – faqih. U asli Shoshdan boʻlib, Fashonda yashagan. Fiqh ilmini Marvarrudda Imom Abu Muhammad Husayn ibn Masʼud ibn Farro Bagʻaviydan oʻrgangan. Shuningdek, Farro jamlagan “Kichik Arbaʼin”ni eshitgan. U salohiyatli, xokisor va taqvodor faqih boʻlgan, 556/1161 yil shaʼbon oyining 16-kuni Munih qishlogʻida vafot etgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Abu Saʼd Samʼoniy. at-Taxbir fi muʼjam al-kabir. 2, 173-175.
  2. Tojuddin Subkiy. Tabaqot ash-shofiiya al-kubra. 3, 399.

Havolalar

tahrir