Abu Bakr al-Firyobiy
Faqih va muhaddis
Jaʼfar ibn Muhammad ibn Hasan ibn Mustafoz al-Firyobiy (Abu Bakr) — faqih va muhaddis. U milodiy 822-yil (hijriy 207-yil) tavallud topgan. Firyob turk shaharlaridan biri. Ilm talabi bilan Movarounnahr, Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom, Misr va Jaziraga borgan. Diynavar qozisi bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abu Bakr al-Firyobiy 94 yil umr ko‘rib, milodiy 914-yil (hijriy 301-yil) muharram oyida vafot etgan[1].
Abu Bakr al-Firyobiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 822-yil (hijriy 207-yil) |
Vafoti | milodiy 914-yil (hijriy 301-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih va muhaddis |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 29-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |