Abu Bakr al-Uvdaniy
Shofiʼiylar shayxi va so'fiylar imomi
Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Basir ibn Varqo al-Uvdaniy al-Buxoriy (Abu Bakr) — faqih. Al-Uvdaniy asli Uvdan — Buxoro qishloqlaridan birida tugʻilgan. As-Samʼoniy zamma bilan „Uvdaniy“, Ibn Mokulo va boshqalar fatha bilan „Avdaniy“ degan. Zamonalarida Movarounnahrda shofiʼiylar imomi, mazhabda o‘z fikriga ega shofiʼiylar shayxi bo‘lgan. Abu Bakr al-Uvdaniy milodiy 995-yil (hijriy 385-yil) rabiuloxir oyida Buxoroda vafot etgan[1].
Abu Bakr al-Uvdaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 995-yil (hijriy 385-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shofiʼiylar shayxi va so'fiylar imomi |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 29-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |