Ismoil Somoniy

Ismoil Somoniy
(Ismoil ibn Ahmad Somoniydan yoʻnaltirildi)

Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad (Somoniy) (forscha: ابو ابراهیم اسماعیل بن احمد) — Somoniylar davlati hukmdori (892—907). Somoniylar sulolasining asoschisi. Ismoil Somoniy 849-yilda Fargʻonada tavallud topgan.

Ismoil Somoniy

Ismoil ibn Ahmad tangalari, Usrushana zarbxonasi. Hijriy 280 (milodiy 893-4)
Somoniylar davlati amiri
Saltanat avgust, 892 — 24-noyabr, 907
Oʻtmishdoshi Nasr I
Davomchisi Ahmad II
Farzandlari Ahmad II
Dynasty Somoniylar
Otasi Ahmad ibn Asad
Dini Ahl as-Sunna val-Jamoa

Yoshligi va Buxoroga noib boʻlishi

tahrir

Ismoil 849-yilda Fargʻonada tugʻilgan. Otasi Ahmad ibn Asadning. 864/5-yilda Somoniylar taxtiga oʻtirgan Nasr I ismli ukasi bor edi. Ismoil Nasr davrida Xorazm qoʻshinlarining talon-tarojlari natijasida vayron boʻlgan Buxoroni nazorat qilish uchun yuboriladi. Shahar aholisi Ismoilni barqarorlikni taʼminlay oladigan shaxs sifatida koʻrib, kutib olishadi.

Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto safforiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi (874 — 892).

Movarounnahrda boʻlishi

tahrir

Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tormor keltiriladi. Nasr yana 4 yil hukmdori qilib oʻldi. 892 yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.

Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.

Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy to 907-iy yil hukmdori qilib oʻldi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.[1][2][3]

Vafoti

tahrir

Uzoq davom etgan hastalikdan so‘ng Ismoil 907-yil 24-noyabrda vafot etdi[4] va uning o‘rniga uning o‘g‘li Ahmad Samoniy taxtga keldi. Ismoil boshqalarga juda koʻp boylik berdi va oʻziga hech nima olib qolmadi[5].

 
Somoniylar maqbarasi surati, Ismoil dafn etilgan joy.

Ismoil tarixda kuchli sarkarda va hukmdor sifatida tanilgan; arab va fors manbalarida u haqida ko‘plab hikoyatlar yozilgan. Qolaversa, uning shimolga qilgan yurishlari tufayli uning imperiyasi dushman bosqinlaridan shunchalik kuchli ediki, Buxoro va Samarqand mudofaasi foydalanilmay qolgan edi.

943-yilda yozgan buxorlik tarixchi Ismoilning yozishicha:

Haqiqatan ham podshohlikka munosib edi. U aqlli, adolatli, rahm-shafqatli, aql va farosat egasi edi… ishlarni adolat va odob-axloq bilan olib borardi. Kim odamlarga zulm qilsa, u jazolardi. . . Davlat ishlarida hamisha xolis edi[6].

Taniqli alloma Nizomulmulk o‘zining mashhur „Siyosatnoma“ asarida Ismoil shunday degan:

U juda adolatli va yaxshi fazilatlarga ega shaxs boʻlgan. U Xudoga iymon keltirgan va shuning uchun ham nochorlarga saxiy inson boʻlgan[7].

Tojikistonda Sovet hokimiyati tugashi bilan Ismoil merosi yangi tojik davlati tomonidan qayta tiklandi. Tojikiston milliy valyutasi somon deb ataladi. U 100 somon banknotasida tasvirlangan. Shuningdek, Tojikistondagi (va sobiq Ittifoqdagi) eng baland togʻ Ismoil nomi bilan oʻzgartirildi. Ilgari bu togʻ „Stalin choʻqqisi“ va „Kommunizm choʻqqisi“ deb atalgan, ammo keyinchalik bu nom Ismoil Somoniy choʻqqisiga almashtirilgan. Tojikiston davlat mukofoti — Ismoil Somoniy ordeni taʼsis etildi. Tojikistonda 1999-yil Somoniylar davlatining 1100 yilligi nishonlangan, poytaxt Dushanbening Do‘stiy maydonida tojiklar davlati birinchi hukmdori Somoniy xotirasiga atalgan113 metrlik me’moriy ansambl barpo etishgan[8].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ismail Samani
  2. Gosudarstvo Samanidov, 2011-10-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-11-30
  3. Samani, 2018-03-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-08-30
  4. Tabaqat-i Nasiri by Minhaj-i-Siraj, pg. 104, Lahore Sangmil Publications 2004
  5. The modern Uzbeks: from the fourteenth century to the present : a cultural history, by Edward Allworth, pg. 19
  6. The modern Uzbeks: from the fourteenth century to the present : a cultural history, by Edward Allworth, pg. 19
  7. The book of government, or, Rules for kings: the Siyar al-Muluk, or, Siyasat-nama of Nizam al-Mulk, Niẓām al-Mulk, Hubert Darke, pg. 14
  8. „Ismoil Somoniy“. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.

Somoniylar sulolasi

Ahmad I (819 - 864)

Buxoro Amirlari
Nosir I (864 - 879)
Ismoil (879 - 888)
Nosir I (888 - 892)

Moveraunnahr hukmdorlari
Nosir I (875 - 888)
Ismoil (888 - 907)
Ahmad II (907 - 914)
Nosir II (914 - 943)
Nuh I (943 - 954/5)
Abdulmalik I (954/5 - 961/2)
Nosir III (961/2)
Mansur I (961/2 - 976/7)
Nuh II (976/7 - 997)
Mansur II (997 - 999)
Abdulmalik II (999)
Ismail II (999 - 1004/5)