Abu Muhammad ibn Abu Siyob
Abu Muhammad ibn Abu Siyob (X asr) — Somoniylar davrida Buxoroda yashab ijod qilgan arabiynavis shoir.
Abu Muhammad ibn Abu Siyob | |
---|---|
Tavalludi | maʼlum emas (X asr) |
Vafoti | maʼlum emas |
Ijod qilgan tillari | arab |
Fuqaroligi | Somoniylar davlati |
Yoʻnalish | sheʼriyat |
Janr | madh, hajv, vasf |
Hayoti va faoliyati
tahrirAbu Mansur as-Saolibiy o‘zining „Yatimat ad-dahr“ kitobida Ibn Abu Siyobni buvayhiylarning Ray shahridagi vaziri, shoir va olimlar homiysi mashhur Abu-l-Fazl ibn al-Amid (vafoti 970-yil)ning suhbatdoshlaridan biri bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Ibn al-Amid ham mashhur shoir va olimlardan bo‘lib, u o‘z saroyiga Arab xalifaligining turli tomonlaridan boshpana qidirib kelgan ko‘pgina shoir va olimlarni to‘plagan edi[1]. Ibn Abu Siyob ham shu saroyda xizmat qilib, Ibn al-Amidga o‘zining bir qancha qasidalarini bag‘ishlaydi. Keyinchalik noma’lum sabab bilan Ibn al- Amid saroyini tashlab Buxoroga keladi.
Ibn Abu Siyob Buxoroda yaxshi kutib olinadi. Lekin uning Buxoroda qanday vazifani o‘tagani ma’lum emas. Shoir Abu Ja’far ibn al-Abbos bilan uning o‘rtasida kuchli raqobat bo‘lgan. Ular bir-birlarini hajv qilib juda ko‘p hajviy she’rlar yozganlar, Masalan, Ibn Abu Siyob o‘zining „Yatimat ad-dahr“ asariga kiritilgan ikkita hajviy she’rida raqibini haqoratli so‘zlar bilan tanqid qiladi.
Ijodi
tahrirIbn Abu Siyob panegirist (maqtov tarzidagi, madh etuvchi she’rlar bituvchi) shoirdir. Lekin u vasfiy she’rlar yozishda ham juda mohir bo‘lgan. Uning sham haqidagi vasfi „Yatimat ad-dahr“ tazkirasiga kiritilgan eng nafis va kuchli vasfiy she’rlardan biri hisoblanadi. Shoir juda chiroyli o‘xshatish va majozlardan foydalangan[2]. Uning sheʼrida qoʼllangan badiiy sanʼatlar shoirning badiiy mahoratini namoyon etadi.