Abu Saʼd al-Hasan
Abu Saʼd al-Hasan ibn Ali ibn Qatoda ibn Idris al-Hasaniy (arabcha: أبو سعد الحسن) – 1250—1253-yillarda Makka amiri. Onasi habashistonlik qul boʻlgan.
Abu Saʼd al-Hasan arabcha: أبو سعد الحسن | |
---|---|
Makka amiri]] | |
Saltanat | 1250–1253 |
Oʻtmishdoshi | Ibn al-Musayyib |
Davomchisi | Jammoz ibn al-Hasan |
Hamkor hukmdorlik | Abu Numay I |
Farzandlari | Abu Numay I |
Uy | |
Otasi | Abu al-Hasan Ali |
Arabic name | |
---|---|
Shaxsiy (Ism) |
Hasan حسن |
Otasining ismi (Nasab) |
ibn Ali ibn Qatoda بن علي بن قتادة |
Taxallus (Kunya) |
Abu Sa‘d أبو سعد |
Sifatlanishi (Laqab) |
Badriddin Imonning toʻlin oyi بدر الدين |
Toponimik (Nisba) |
al-Hasaniy al-Makkiy 'Hasaniylar, Makka الحسني المكي |
Hayoti
tahrir1232-yilda misrlik al-Komil oʻsha paytdagi Yanbu amiri Abu Saʼdga Roji ibn Qatodadan Makkani qaytarib olishda yordam berishini buyurgan. Oʻsha vaqtda yamanlik al-Mansur Makka boshqaruvida Roji ibn Qatodani qoʻllab-quvvatlangan.
1242-yilda al-Mansur Makkani qayta qoʻlga kiritgan. Sulton Abu Saʼddan Yanbu qal’asini sotib olgan va bu yerlardan misrliklar foydalanmasliklari uchun vayron qilishni buyurgan. Abu Saʼdga esa Makkadagi Vodi Marrda joylashgan Yaman qoʻshiniga yordam berishini tayinladi.
1250-yilda Abu Saʼd Zubayd qabilasi rahbarlaridan Makkani Yaman amiri Ibn al-Musayyibning zulmkor hukmronligidan tortib olish uchun yordam olgan. Abu Saʼdning badaviy qoʻshinlari Makkaga ikki tomondan kirib kelgan va shaharni oʻz nazoratiga olgan. Al-Muyurqiyning yozishicha, Ibn al-Musayyib hijriy 647-yil Zulqaʼda oyining 7-sanasi (milodiy 1250-yil 11-fevral) juma kuni, Ibn al-Mahfuzning yozishicha, Shavvol oyining oxirida (yanvar oyi oxiri, fevral oyi boshi) Makkani qoʻlga kiritgan. Abu Saʼd Makka zodagonlarini masjidiga yigʻib, ularga Sultonga boʻlgan sodiqligini izhor qilgan va Ibn al-Musayyibning oʻgʻirlagan boyliklarini olib, Iroqqa qochib ketishni rejalashtirganini tushuntirgan. Abu Saʼdning hukmronligi al-Mansur vafotidan keyin yanada mustahkamlangan.
Vafoti
tahrirAbu Saʼd hijriy 651-yilda amakivachchasi Jammoz ibn Hasan tomonidan taxtdan agʻdargan va oʻldirgan. Turli maʼlumotlarga koʻra, bu voqea Shavvol oyining 5-sanasida (milodiy 1253-yil 28-noyabr), Ramazon oyining boshida (oktyabr oxiri) yoki Shaʼbon oyining 3-kunida (28-sentyabr) sodir boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Fahd, ‘Izz al-Dīn ‘Abd al-‘Azīz ibn ‘Umar ibn Muḥammad. Ghāyat al-marām bi-akhbār salṭanat al-Balad al-Ḥarām, 1st (ar) Shaltūt: , Makkah: Jāmi‘at Umm al-Qurá, Markaz al-Baḥth al-‘Ilmī wa-Iḥyā’ al-Turāth al-Islāmī, Kullīyat al-Sharīʻah wa-al-Dirāsāt al-Islāmīyah, 1986 — 633–638-bet.
Abu Saʼd al-Hasan Vafoti: 1253
| ||
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oldingisi Ibn al-Musayyib
|
Makka amiri 1250–1253 |
Keyingisi |