Abul Hasan Haraqoniy
Abul Hasan Haraqoniy (Qalqonota, Qalqon ota; 937, Rum — 1033, Navbahor yaqinidagi Harqonrud qishlogʻi) — islom dini arbobi, shayx. Xalq orasida avliyo sifatida tanilgan. Qabri Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qalqonota shaharchasida.
Abul Hasan Haraqoniy | |
---|---|
Tavalludi |
937-yil Rum |
Vafoti |
1033-yil Navbahor yaqinidagi Harqonrud qishlogʻi |
Istiqomat joylari | Buxoro |
Fuqaroligi | Eron |
Dini | islom |
Saqlanib qolgan maʼlumotlar
tahrirAbul Hasan Haraqoniy 937-yil Rumda (hozirgi Turkiya hududida) tugʻilgan. Voyaga yetgach ilm olish maqsadida Buxoroga kelgan. Buxoroda shayx darajasiga erishgan[1].
Abul Hasan Haraqoniy haqida Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ asarida maʼlumotlar bergan, undan tashqari, „Haqoyiq ul-Asror“ asarida u haqida maʼlumotlar yozib qoldirilgan[1].
Manbalarda keltirilishicha, 974-yilda Xatirchiga yov hujum qiladi, buni eshitgan Abul Hasan gʻazotda qatnashish uchun Hazora qishlogʻi orqali Xatirchiga yetib boradi. U yerda xalqqa yoʻl koʻrsatadi, yov bilan muzokaralar olib borib, qoʻshni qishloqlarga hujum qilmaslikka koʻndiradi. Shu tahlit dushman qoʻshini ortiga qaytib ketadi. Xalq esa Abul Hasanni „Qalqon ota“ deb hurmat qiladi. Shundan beri Harqonrud qishlogʻining nomi Qalqonota deb atalgan[2].
Abul Hasanga qishloqning tabiati yoqib qoladi va u umrining soʻngiga qadar Harqonrud (Qalqonota) qishlogʻida yashaydi[3] va „Haraqoniy“ tahallusini oladi.
Abul Hasan Haraqoniy 1033-yilda Harqonrud qishlogʻida vafot etgan. U yerdagi Harqonrud arigʻining shimoliy tomonidagi qirda dafn etilgan[3].
Xotira
tahrirAbul Hasan Haraqoniy xalq orasida avliyo sifatida nom qozongan. Haraqoniy yashagan Harqonrud qishlogʻi uning sharafiga Qalqonota nomini olgan, hozirgacha shunday ataladi. Uning qabri joylashgan joy „Qalqonota qabristoni“ deb nomlanadi. Haraqoniy qabri 2x8 m li sagʻanaga aylantirilib, uning ustiga 6x10 m hajmli maqbara qurilgan[3].
Qalqonota qishlogʻida Haraqoniy sharafiga Abul Hasan Haraqoniy jomeʼ masjidi ham qurilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Zaripov, Shernazar 2021, s. 76.
- ↑ Zaripov, Shernazar 2021, s. 76—77.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Zaripov, Shernazar 2021, s. 77.
Adabiyotlar
tahrir- Azamat Zaripov, Shoyim Shernazar. Karmana kechmishi. Toshkent: Sahhof, 2021 — 192-bet. ISBN 978-9943-6665-8-0.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Abul Hasan Haraqoniyga tegishli iqtiboslar mavjud. |