"Abushqa" – izohli lugʻat. Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun XVI asrda Turkiyada tuzilgan. Muallifi nomaʼlum. Navoiy zamondoshlarining asarlaridan ham ayrim misollar kiritilgan. „Abushqa“ lugʻati Abushqa soʻziga izoh bilan boshlangani uchun shu nom bilan mashhur. Bu soʻz eski oʻzbek tilida keksa, qari, nuroniy maʼnolarida ishlatilgan. „Abushqa“ni yuzaga keltirishda Hirotlik Toleʼ Imoniy tomonidan XV asrda Navoiy asarlariga tuzilgan oʻzbekcha-forscha „Badoyeʼ ul-lugʻat“dan keng foydalanilgan[1].

Saqlanishi

tahrir

Hozirgi kunda „Abushqa“ning Sovet Ittifoqi fondlaridagi maʼlum nusxalari 8 taga yetdi. Ularning 5 tasi Leningrad, 3 tasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Institutida saqlanmoqda. Bu lugʻatni birinchi boʻlib qisqartirilgan holda Vamberi va undan soʻng V. Velyaminov Zernov esa toʻla tekstini fransuz tilida kirish soʻzi bilan Sankt- Peterburgda 1869-yili nashr qildi. Lugʻatning keng tarqalgan nomi uning ichiga kirgan soʻzlarning birinchisi, yaʼni „Abushqa“ dan olingan. Lugʻatni shu soʻz bilan atash Yevropada boshlangani haqida „Abushqa“ning noshiri V. Velyaminov Zernov xabar beradi, lekin uning oʻzi lugʻatga "al-Lugʻat an-navoiyya va-l-istish- hodot al-chigʻotoiyya", deb ataydi. Chunki nashrga jalb qilingan bir qoʻlyozmaning kotibi uni shu nom bilan atagan[2].

Tuzilishi

tahrir

Abushqa“ oʻz ichiga 2054 soʻz va soʻz formalarini qamrab olgan. Bu soʻzlar boshlanish harflariga koʻra 21 bobga ajratilgan. Boblar oʻz ichiga kirgan soʻzlarning birinchi harfi nomi bilan, masalan, „al-harf al-alif“, „al-harf al-bo“ va h. z. nomlangan. Boshlanish harfi p va g boʻlgan soʻzlar b va k boblariga kiritilgan. „Boyi arabiy“ (b), „boyi ajamiy“ (s), „kofi arabiy“ (k) va „kofi ajamiy“ (g) ishoralari bu harflarning jarangli yoki jarangsiz talaffuzini koʻrsatadi. „ch“ harfi bilan boshlanuvchi soʻzlar „j“ bobida va ular uch nuqtasi bilan yozilgani uchun fonetik qaydsiz beriladi. 21 bobning har biri oʻz navbatida uch qismga boʻlingan. Avvalgi qismda birinchi harfi fathali, soʻng kasrali va bobning oxirida birinchi harfi dammali soʻzlar keladi. Lugʻat haqidagi maqolalarda undagi soʻzlarning alifbe tartibida joylashgani haqida gapiriladi. Aslida „Abushqa“da bu tartib qatʼiy saqlangan emas.

Muallifi

tahrir

Tuzuvchisi nomaʼlum hisoblanadi. Lekin uni aniqlash uchun harakatlar yoʻq emas. Baʼzi olimlar „Abushqa“ning muallifi Aloiy ibn Muhibbiy deyishadi. Bu qarashning xato ekanini H. Fattohov asoslab bergan[3].

Manbalar

tahrir

Hasanov Botirbek «JAVOHIR XAZINALARI» (Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan qoʻlyozma lugʻatlar) Toshkent — 1989 Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti}

«O‘zbek adabiy tili tarixi ocherklari», Samarqand, 1969, 170-bet.. 

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016. 
  2. "Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi". 
  3. {{cite magazine}}: Empty citation (yordam)