Accidental Occidental

Lajos Bokros qalamiga mansub iqtisod boʻyicha kitob

Accidental Occidental“, toʻliq nomi: „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area“ (tarjimasi „Tasodifiy Gʻarb: Markaziy Yevropa, Boltiq hamda Bolqon hududlarida oʻtish iqtisodi va madaniyati“) — mojar iqtisodchisi va siyosatchisi Lajos Bokros qalamiga mansub markaziy rejalashtirish iqtisodidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish boʻyicha kitob. 2013-yil Budapesht shahrida Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan. Asarda Bokros liberal qarashlarni ilgari surilgan[1][2].

Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area
Muallif(lar) Lajos Bokros
Til inglizcha
Janr(lar)i iqtisod
Nashr etilgan sanasi 2013
Nashriyot Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 204
ISBN ISBN 978-615-5225-24-6

Asarda oʻtishning toʻqqiz elementi, xususan, biznes sektorini liberallashtirish, makroiqtisodiy stabillashtirish, xususiylashtirish, moliyaviy sektor, shirkatlarni islohot qilish, moliyaviy sektorlarni boshqarishni oʻzgartirish, davlat finansini boshqarish, shahar/hududiy hukumatlar hamda yuridik islohotlar koʻrib chiqilgan.

Boʻlimlari

tahrir
  1. Kommunizm yigirmanchi asrdagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum sifatida
  2. Markzaiy hamda Sharqiy Yevropada bozor va demokratiyaga oʻtish
  3. Yigirma birinchi asrga oʻtish

Taqrizi

tahrir

Sasseks universiteti xodimi Alan Mayhew kitobga yozgan taqrizida uni oʻtish iqtisodiyoti boʻyicha adabiyotga yaxshi qoʻshimcha deya ijobiy baholadi[1]. Ayni damda, muhim tushuncha va maʼlumotlar kitobning asosiy qismi emas, izohlardan oʻrin olganini tanqid qildi. Aberystwyth universiteti xodimi Ira Bliatka esa muallif ochiqchasiga Gʻarbiy kapitalizm va qadriyatlarni yoqlab, kolonialist argumentlarni ilgari surgani asarning asosiy kamchiligi ekanligini taʼkidladi[2]. Shuningdek, asarda tarixiy hodisalar va maslahatlar qorishib ketganini tanqid qildi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Mayhew, Alan (2014). „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area. By Lajos Bokros. Budapest: Central European University Press, 2013. xii, 192 pp. Notes. Bibliography. Index. $55.00, hard bound“. Slavic Review (inglizcha). 73-jild, № 01. 180–181-bet. doi:10.5612/slavicreview.73.1.0180.
  2. 2,0 2,1 Bliatka, Ira (14-sentabr 2015-yil). „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area“. Europe-Asia Studies (inglizcha). 67-jild, № 8. 1333–1334-bet. doi:10.1080/09668136.2015.1076111.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar

tahrir