Liberalizm
Liberalizm (fransuzcha: libéralisme) — odamlarning oʻzini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm XVII-XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“da (1789) mujassam boʻlgan. XIX asr va XX asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. XX asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.[1]
Liberalizmning asosiy prinsiplari
tahrirLiberalizm | |
G'oyalari | |
Erkinlik | |
Kapitalizm · Bozor | |
Inson xuquqlari | |
Qonun ustivorligi | |
Ijtimoiy shartnoma | |
Tenglik · Millat | |
Plyuralizm · Demokratiya | |
Ichki oqimlari | |
Libertarianlik | |
Neoliberalizm | |
Ijtimoiy liberalizm | |
Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qilish imkoniyatini beruvchi, muhim siyosiy maʼlumotlar bilan erkin almashuvchi, davlat va din hokimiyatini cheklovchi, qonun ustivorligini taʼminlovchi, shaxsiy mulk va erkin tadbirkorlik mavjud jamiyatdir. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos boʻlgan koʻpgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, hukmdorlarning ilohiy huquqlari va dinning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental prinsiplari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi huquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin bozor iqtisodiyoti; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni taʼminlashdan iboratdir. Zamonaviy koʻrinishda liberalizm kamchilikning huquqlarini himoya qiluvchi, plyuralizm va demokratik boshqaruvga asoslangan ochiq jamiyatni koʻzda tutadi. Baʼzi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi fuqarolarning oʻz imkoniyatlarida tengligini, maʼlumot olishi va foyda koʻrishidagi farqni qisqartirishni taʼminlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat oʻz majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini taʼminlashi lozimligini koʻrsatishadi. Jumladan ishsizlarga yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat koʻrsatish davlat majburiyatlaridan biridir.
Liberallarning qarashlariga binoan hukumat oʻz qaramogʻidagi insonlarning qiziqishlarini koʻzda tutib faoliyat koʻrsatishi lozim, davlatning siyosiy boshqaruvi koʻpchilikning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Hozirda liberallarning talablariga eng yaqin davlat boshqaruv tizimi liberal demokratiyadir.
Koʻrib chiqish
tahrirEtimologiya va tarixiy ishlatilishi
tahrir"Liberal" soʻzi lotincha: liber („erkin“) degan soʻzdan kelib chiqadi. Tit Liviy „Rim shahri asoslanishi vaqtidan tarixi“ kitobida plebeylar va patritsiylar orasidagi sinflararo erkinlik uchun kurashni eslatib oʻtadi. Mark Avreliy oʻzining „Fikr yuritishlarida“ „barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va soʻz erkinligi mavjud davlat; shuningdek, avvalambor oʻz qoʻl ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat“ haqida soʻz olib boradi. Italiyada renessans davrida ushbu kurash mustaqil shahar-davlatlar va Rim Papasi orasida koʻtarila boshladi. Nikolo Makiavelli „Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida oʻylar“ asarida respublikancha boshqaruv prinsiplarini taʼriflaydi. Angliyada Jon Lokk va Fransiyada maʼrifatparvarlar erkinlik uchun kurashni inson huquqlari tushunchasi asosida taʼriflashdi.
AQSH mustaqilligi uchun urush natijasida liberal davlat haqidagi qarashlarga tayangan dastlabki konstitutsiya ishlab chiqildi. Bunda ayniqsa davlat boshqaruvi doim boshqariluvchilar roziligi bilan amalga oshirilishiga urgʻu berildi. Fransiya burjuaziyasi ham buyuk fransuz revolyutsiyasi vaqtida liberal prinsiplarga tayanuvchi hukumat yaratishga harakat qildi. „Liberal“ soʻzining siyosiy yoʻnalish tarafdorlariga nisbatan, dastlab, absolyutizmga qarshi boʻlgan Ispaniya (1812 y.) konstitutsiyasi mualliflari ishlatgan boʻlishi kerak. XVIII asrdan boshlab liberalizm deyarli barcha rivojlangan davaltlarda asosiy gʻoyaga aylandi.
Liberal fikrlarni amalga oshirishdagi dastlabki harakatlar qisman natija berardi, baʼzida umuman qarama-qarshi holatlarga olib kelardi (masalan, diktaturalarning paydo boʻlishi). Tenglik va erkinlik shiorlaridan avantyristlar foydalanishardi. Liberalizmni turlicha talqin qiluvchilar orasida jiddiy baxslar yuzaga kelardi. Urushlar, inqiloblar, iqtisodiy inqirozlar gʻoyalarga ishonchni yoʻqotardi. Shu kabi sabablar tufayli liberalism turli davrlarda turlicha talqin qilindi. Vaqt oʻtishi bilan barcha qarashlar tartiblashtirildi va natijada eng keng tarqalgan davlat boshqaruv tizimlaridan biri — liberal demokratiya yuzaga keldi.
Liberalizm shakllari
tahrirDastlab liberalizm barcha huquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qoʻlida boʻlishi kerak, davlat esa shu huquqlarni himoya qilish uchun mavjud boʻlishi lozim degan xolatdan kelib chiqardi (klassik liberalizm). Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va xozirda koʻpgina oqimlarni oʻz ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va xatto toʻqnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan „Inson huquqlari deklaratsiyasida“ koʻrsatib oʻtilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada „siyosiy liberalizm“ — demokratiya uchun va absolyutizm yoki avtoritarizmga qarshi kurash; „iqtisodiy liberalizm“ — shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; „madaniy liberalizm“ — shaxs erkinligini himoya qilish va unga vatanparvarlik yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; „ijtimoiy liberalizm“ — imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi maʼnolarida ishlatiladi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qoʻshilishidan iboratdir. Uchinchi dunyo davlatlari orasida asosan sogʻlom yashash muhiti va kolonializmga qarshi „ogʻalik liberalizmi“ keng tarqalgan.
Siyosiy liberalizm
tahrirSiyosiy liberalizm — alohida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, ijtimoiy institutlar individuumlarni real hokimiyat bilan taʼminlash uchun mavjud deb taʼkidlovchi qarash. Angliyaning Buyuk erkinlik xartiyasi (1215-yil) baʼzi shaxs huquqlarining monarxdan kengroq doirada qoʻllanishi namunasidir. Bunda asosiy xolat ijtimoiy shartnomadan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar oʻzlari qonun yaratishadi va oʻzlari shu qonunga boʻy sunishadi. Qonun ustuvorligiga alohida urgʻu beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, eʼtiqodi va xokazolardan qatʼiy nazar ovoz berish huquqini oʻz ichiga oladi.
Iqtisodiy liberalizm
Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi huquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori „erkin xususiy korxonadir“. Davlatni aralashmaslik prinsipiga (laissez-faire) asoslangan kapitalizm muqobil deb bilinadi, bunda davlat subsidiyasi va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish koʻzda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb taʼkidlashadi. Ularning baʼzilari davlat monopoliya va kartellarni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, yaʼni bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb taʼkidlashadi. Baʼzilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki sud tizimi kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham taʼsir oʻtkazishiga yoʻl qoʻyishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Xozirda liberalizmning bu shakli libertianlikda yaqqol namoyon boʻlgan. Boshqa koʻrinishlari monarxizm va anarxo-kapitalizmdir. (Qarang: neoliberalizm, liberalizatsiya).
Madaniy liberalizm
Madaniy liberalizm eʼtiborini dastlab ong va xayot tarziga oid shaxs erkinligiga qaratadi; jins, eʼtiqod, akademik erkinlik, davlatni shaxsiy ishga aralashishidan homoyalash kabi muammolarni oʻz ichiga oladi. Jon Styuart Mill oʻzining „Erkinlik haqida“ essesida quyidagini taʼkidlaydi: „Odamalrning mustaqil yoki guruhda boʻlib boshqalarni faoliyatiga aralashishining yagona maqsadi — oʻz-oʻzini himoya qilishdir. Sivilizatsiyalashgan jamiyat aʼzosi ustidan hukm oʻtkazish faqat boshqalarga ziyon yetkazmaslik maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin“. Madaniy liberalizm u yoki bu darajada davlatning adabiyot va san'at, ilmiy guruhlar faoliyati, qimor o'yinlar, fohishabozlik, jinsiy aloqaga kirish yoshi, abort, kontratseptiv vositalardan foydalanish, evtanaziya, alkogol ichimliklar va giyohvand vositalar qabul qilish kabi sohalarni boshqarishiga eʼtiroz qilishadi. Xozirgi kunda Niderlandiya madaniy liberalizm eng yuqori darajasida boʻlgan davlat boʻlishi kerak...
Ijtimoiy liberalizm
tahrirIjtimoiy liberalizm XIX asr oxirida utilitarizm taʼsiri ostida yuzaga keldi. Baʼzi liberallar, toʻliq yoki qisman, marksizm va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun oʻz hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. Jon Dyui va Mortimer Adler kabi baʼzi faylasuflar barcha individuumlar, jamiyat asosi sifatida, oʻz qobiliyatlarini amalga oshirish uchun maʼlumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi taʼsirlardan himoya kabi muhim extiyojlar bilan taʼminlanishi kerak deb koʻrsatishdi. Bunday jamiyat taʼminlovchi pozitiv huquq, aralashmaslikka asoslangan, negativ huquqdan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ huquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv huquqlar kafolati berilishi zarurdir deb taʼkidlashadi, chunki amalda kam taʼminlangan aholi yashab qolish maqsadida baʼzi huquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga baʼzi cheklanishlar kiritishni qoʻllab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh koʻtarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun aholini (soliqlar yordamida) ijtimoiy himoya qilishini kutadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm orasida fundamental qarama-qarshilik mavjud. Iqtisodiy liberallar pozitiv huquqlar negativ huquqlarni buzilishiga olib keladi va, demak, ularga yoʻl qoʻyish mumkin emas deb xisoblashadi. Ular davlat funktsiyalarini asosan xavfsizlik, mudofa va sud hokimiyati bilan cheklangan deb koʻrishadi. Ijtimoiy liberallar esa davlatning asosiy funktsiyasi ijtimoiy himoyadan iborat va oʻz ichiga quyidagilarni oladi deyishadi: nochorlarni oziq-ovqat va boshpana bilan taʼminlash, tibbiy yordam, oʻrta taʼlim, nafaqa bilan taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, bolalar, nogironlar va keksalarga qarash, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish, kamchilikni himoya qilish, fan va sanʼatni himoya qilish. Bunday uslub hukumatga keng cheklanishlar qoʻyish imkoniyatini yoʻqotadi. Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm, garchi shaxsiy erkinlkka erishish boʻlgan yagona maqsadga intilsada, lekin uni amalga oshirish vositalarida tubdan farq qiladi. Oʻng va konservativ oqimlar iqtisodiy liberalizmga tayanib, madanaiy liberalizmga inkor qilishadi. Chap oqimlar, asosan, madaniy va ijtimoiy liberalizmga urgʻu berishadi. Baʼzi tadqiqotchilar pozitiv va negativ huquqlarni qarama-qarshi qoʻyish sunʼiy va nooʻrin deb koʻrsatishadi, chunki „negativ“ huquqlarni taʼminlash oʻz navbatida jamiyatdan manbalar talab qiladi (masalan, mulk egaligi huquqini taʼminlash uchun yuridik apparatdan foydalanish).
Ogʻalik liberalizmi
tahrirOgʻalik yoki fraternitar liberalizm (xalqlar ogʻaligi) urushdab keyin uchinchi dunyo davlatlarining kolonializmga qarshi kurashi natijasida paydo boʻldi. Bugungi kunda u huquqiy norma sifatida emas balki koʻproq turli intilishlar bilan bogʻliqdir. Uning maqsadi boshqaruv, moddiy boyliklar va texnologiyalarni rivojlangan davlatlar qoʻl ostida boʻlishiga qarshi kurashdan iborat. Bu oqim tarafdorlari tinchlik, oʻz oʻzini aniqlash, iqtisodiy rivojlanish va umuminsoniy boylikalrga (tabiiy boyliklar, ilm-fan yutuqlari, madaniy boylikalar) jamiyatning kollektiv huquqi bor deb taʼkidlashadi. Ogʻalik liberalizmi, shuningdek, dunyo ekologik axvoli va gumanitar yordamga oʻz eʼtiborini jalb qiladi.
Barcha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan liberalizm shakllari davlat va shaxslar javobgarligi orasida balans boʻlishi lozim, davlat funktsiyalari shaxsiy sektor bajara olmaydigan masalalar bilangina cheklanishi kerakligini koʻzda tutadi. Liberalizmning barcha shakllari insoniy qadriyatlarni va shaxsiy erkinlikni huquqiy himoya qilishga qaratilgan va shaxslarning xatti-harakatlariga qoʻyilgan cheklanishlarni bekor qilish jamiyatni yaxshilanishiga olib keladi deb taʼkidlaydi.
Liberal fikrning rivojlanishi
tahrirManbalari
tahrirShaxsiy erkinlikka intilish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun xos boʻlgan. Masalan, XV asrda Florensiya va Venetsiya shahar-davlatlari tuzilishi oʻz ichiga huquqiy davlat va demokratiya elementlari hamda erkin tadbirkorlik prinsiplarini olgan.
Liberalizm gʻoya sifatida gumanizmga tayanadi. U Renessans davrida katolik cherkov hokimiyatiga qarshi chiqdi (buning oqibatida, jumladan, Niderlandiya burjua revolyutsiyasi yuz berdi) hamda Angliyada Ajoyib revolyutsiya (1688 y.) natijasida Viglarning qirolni saylash huquqiga ega boʻlishiga olib keldi. Oxirgi voqea oqibatida bosh hokimiyat xalq qoʻlida boʻlishi kerak degan nuqtai nazarlar paydo boʻla boshladi. Biroq asl liberal oqimlar Oydinlanish davrida Fransiya, Angliya va kolonial Amerikada yuzaga keldi. Ularga qarshilar absolyut monarxiya, merkantelizm, ortodoksal din va klerikalizm edi. Bu liberal harakatlar birinchi boʻlib inson huquqlariga konstitutsionalizm va erkin saylov yoʻli bilan boshqarish tushunchalariga tayanib taʼrif berishdi.
Erkin shaxslar barqaror jamiyat asosi boʻlishi mumkin degan fikrni dastlab Jon Lokk olgʻa surdi. Uning „Boshqaruv haqida ikkita traktat“[2](1690-yil) asari ikkita liberal prinsipni asoslab berdi: shaxsiy mulk egaligi va eʼtiqod erkinligini oʻz ichiga oluvchi intellektual erkinlik. Uning nazariyasi asosi boʻlib yashash, shaxsiy erkinlik va shaxsiy mulk egaligi kabi tabiiy huquqlar xizmat qiladi. Fuqarolar jamiyat aʼzosi sifatida ijtimoiy shartnoma tuzishadi; unga asosan ular tabiiy erkinliklarini himoya qiluvchi hukumat foydasiga oʻz hokimiyatlaridan kechishadi. Oʻz qarashlarida Lokk burjuaziyani himoya qilgan boʻlib, eʼtiqod erkinligini katoliklar uchun va inson erkinligini xizmatkorlar uchun targʻib qilmagan. Lokk shuningdek demokratiyani qoʻllab quvvatlamagan. Shunga qaramasdan, uning baʼzi gʻoyalari amerika va fransuz revolyutsiyalari asosi boʻlib xizmat qildi.
Yevropa kontinentida qonun oldida barcha, xatto oliy hukmdor ham teng degan doktrinani rivojlantirish bilan Sharl Lui Monteskye shugʻullandi. Davlat hokimiyatini cheklantiruvchi asosiy uslub deb, Monteskye, hukumat boʻlinishi va federalizmni xisobladi. Uning tarafdorlari boʻlgan iqtisodchilar Jan-Batist Sey va Destyut de Trasi davlatni iqtisodga aralashmaslik prinsipini targʻibot qilishdi. Oydinlashtirish davri donolaridan ikki kishi liberalizmga eng katta taʼsir koʻrsatishdi: konstitutsion monarxiya tarafdori boʻlgan Volter va tabiiy erkinlik gʻoyasini rivojlantirgan Jan Jak Russo. Bu ikki faylasuf shaxsning tabiiy erkinligini cheklash mumkin, lekin uning mazmunini yo'qotish mumkin emas degan nuqtai nazarni turli shakllarda himoya qilishdi. Voltyer diniy sabr-toqat muhimligi va insonni kamsitishga yoʻl qoʻymaslikni alohida taʼkidladi.
„Ijtimoiy shartnoma haqida“ (1762 y.) traktatida Russo bu kontseptsiyaga yangicha taʼrif berdi. U koʻpgina odamlar mulk egasi boʻlmasdan jamiyat aʼzosi boʻlishi, yaʼni ijtimoiy shartnoma faqatgina mulk egalari huquqlarini mustaxkamlashiga eʼtiborni jalb qildi. Bu shartnoma legitim boʻlishi uchun inson oʻz erkinligi oʻrniga faqat jamiyat taʼminlab bera oladigan manbalardan foydalana olishi lozim. Russo bunday manbalardan biri insonni muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradigan va uni qonunga boʻy sunadigan fuqaro qiluvchi taʼlimdir deb xisoblaydi. Boshqa manba boʻlib shaxsni oʻz millatiga va milliy extiyojlariga tegishliligi sifatida namoyon boʻladigan kollektiv respublikancha erkinlik xizmat qiladi. Buning oqibatida, maʼlumotli inson oʻz erkinligini oʻzi cheklaydi, chunki bu uning qiziqishidadir. Millatning bir butun boʻlib irodasini namoyon qilishi xalqning oʻz oʻzini aniqlashidagina yuzaga keladi. Shunday qilib, ijtimoiy shartnoma milliy rozilik, milliy iroda va milliy birlikka olib keladi. Bu gʻoyalar Fransiya revolyutsiyasi davridagi Milliy majlis deklaratsiyasi hamda Benjamin Franklin va Tomas Jeferson kabi amerika liberalizm arboblari dunyoqarashining asosi boʻldi.
Fransuz maʼrifatparvarlari bilan birgalikda liberalizmga Devid Yum, Immanuil Kant va Adam Smit katta xissa qoʻshishdi. Devid Yum inson xatti-harakatidagi fundamental (tabiiy) qonunlar maʼnaviy normalarga boʻy sunduradi, ularni cheklash yoki yoʻq qilish mumkin emas deb taʼkidlaydi. Uning nuqtai nazarlari taʼsiri ostida Kant, dinga yondoshmasdan, inson huquqlariga maʼnaviy asos berdi. Uning dunyoqarashiga binoan, bu huquqlar tabiiy qonunlar va obyektiv xaqiqatga asoslanadi.
Adam Smit maʼnaviy hayot hamda iqtisodiy faoliyat davlat boshqaruvisiz mavjud boʻlishi mumkin degan gʻoyani rivojlantirdi va oʻz tashabbusini erkin namoyon qila oladigan millatlar eng quvvatli boʻlishini taʼkidladi. U feodal va merkantil boshqarish, patentlar va davlat protektsiyasi tufayli vujudga kelgan monopoliyalardan voz kechishga chaqirdi. „Ma'naviy tuyg'ular nazariyasi“ (1759 y.) asarida u motivatsiya nazariyasini rivojlantrib, shaxsiy moddiy qiziqish qanday qilib boshqarilmaydigan jamiyatdagi tartib bilan uygʻunlikda mavjud boʻlishini koʻrsatdi. „Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish“ (1759 y.) asarida u baʼzi sharoitlarda erkin bozor oʻz oʻzini boshqarish qobiliyati mavjud va turli cheklanishlar qoʻyilgan bozorga nisbatan koʻproq natijaga erishadi deb taʼkidlaydi. Hukumatni u foyda koʻzlamaydigan faoliyat, masalan, qonunni himoya qilish bilan shugʻullanishga yoʻllatdi. Uning soliqlar haqidagi nazariyasi soliqlar iqtisodga ziyon yetkazmasligi lozim va soliqlar hajmi (foizi) doimiy boʻlishi kerak degan holatlardan iboratdir.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Two Treatises on Government, 2002-07-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2002-07-13
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |