Adgeziya (lot. adhaesio – yopishish) – yuzalari bir-biriga tegib turuvchi har xil jinsli qattiq yoki suyuq jismlar (fazalar)ning molekulalararo taʼsirlashuv natijasida oʻzaro yopishib qolishi. Bir xil jinsli jismlar orasidagi adgeziya kogeziya deb ataladi. Adgeziya detallarni yelimlab, payvandlab va kavsharlan biriktirishda, loklash va boʻyoq surkashda keng qoʻllanadi. Adgeziya tufayli galvanik qoplamalar, oksid pardalar hosil qilish mumkin. Adgeziya sababli odam terisi va silliq shisha orasida katta ishqalanish boʻladi[1][2].

Kogeziya suvni shudring tomchilari qilib birlashtiradi, sirt taranglik suvni sharsimon qiladi, adgeziya esa tomchilarni bargda ushlab turadi.

Manbalar

tahrir